O‘zbekiston | 21:25 / 24.01.2019
12366
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga sut ham kiritildi 

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq, sut O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga kiritildi. 

Qayd etilishicha, mazkur qaror sut sanoatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish hamda sutni qayta ishlash korxonalarining fermer xo‘jaliklari bilan kooperatsiyasini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ro‘yxatdan 9 turdagi mahsulot go‘sht (mol, qo‘y, tovuq go‘shti), shuningdek hayvonlar (qoramol va parranda) tirik hamda ularning so‘yilgan mahsulotlari, baliq, kartoshka, piyoz, tuxum, guruch, shakar, non o‘rin olgan edi.

Mavzuga oid