Petr Chex futbolchilik faoliyatini yakunlashini e'lon qildi

«Arsenal» darvozaboni Petr Chex joriy mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali e'lon qilgan.
«Bu mening professional futbolchi sifatidagi 20-mavsumim. Men ilk shartnomamni imzolaganimdan buyon 20 yil vaqt o‘tdi. Hozir futboldan ketishi haqida e'lon qilishning ayni payti. APLda 15 yil va men ko‘plab sovrinlar yutib oldim. Men endi o‘zim istagan natijalarga erishdim. Men qolgan vaqt davomida „Arsenal“ uchun mehnat qilishda davom etaman, bu jamoa bilan yana bir sovrin yutib olishni istayman. Meni hali maydonda nimalar kutayotganini bilishni istayman», — deb yozgan ayni vaqtda 36 yoshda bo‘lgan chexiyalik darvozabon tvitterida.
Chex Chexiya terma jamoasi uchun 124 o‘yin o‘tkazgan. U qatorasiga 4ta Yevropa chempionatida (2004, 2008, 2012, 2016) va bir jahon chempionatida (2006) terma jamoaning asosiy darvozaboni sifatida harakat qilgan.
U joriy mavsumda Angliya chempionatida 7 o‘yinda maydonga tushdi.
Chex «Chelsi» va «Arsenal»dagi faoliyati davomida 4 marta Angliya chempionligi, 5 marta Angliya Kubogi, 4 marta Angliya Ligasi Kubogi, 4 marta Angliya Superkubogi sohibi bo‘lgan. U «Chelsi» bilan bir martadan Yevropa Chempionlar ligasi hamda Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan.
Petr Cech announces that he will retire at the end of the 2018/19 #PL season.
— Premier League (@premierleague) 15 yanvarya 2019 g.
A legend between the sticks. pic.twitter.com/ZECGFL9l1W
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

09:51 / 21.10.2020
«Chelsi» Chexni APL o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritdi

10:13 / 10.10.2019
Petr Chex xokkeychiga aylandi

21:40 / 20.03.2018
Chex Chexiyaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lolmadi

22:53 / 12.10.2016