Britaniyalik homilador deputat Brexit sababli tug‘ruqni keyinga qoldirdi

Foto: Global Look Press/Dinendra Haria
Leyboristlar partiyasidan Britaniya parlamenti deputati, ko‘zi yorishi kerak bo‘lgan Tulip Siddiq 15 yanvarda bo‘lib o‘tadigan Brexit bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etish uchun tug‘ruqni keyingi qoldirdi. Bu haqda Evening Standard nashri xabar berdi.
Siddiqda birinchi homiladorligi og‘ir kechgani sabab unga ikkinchi farzandini kesarcha kesish orqali tug‘ishni tavsiya qilishgan. Operatsiya dastlab 4 fevralga belgilangan, biroq ayolda gestatsion qand kasalligi avj olgani sabab operatsiyani homiladorlikning 37-haftasida – 14 yoki 15 yanvarda o‘tkazishga qaror qilingan.
Deputat shifokorlardan operatsiyani 17 yanvarga ko‘chirishni so‘ragan va shifokorlar bunga rozi bo‘lishgan.
Shunisi ma'lumki, Siddiq Brexit’ga qarshi ovoz bermoqchi.
Brexit shartlari bo‘yicha hukumat kelishuvi uchun ovoz berish 15 yanvarda Britaniya parlamentining quyi palatasida bo‘lib o‘tadi. Ko‘pchilik deputatlar mavjud ssenariyga qarshi ovoz bermoqchi.
Ovoz berish dastlab 11 dekabrda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan, biroq Britaniya bosh vaziri Tereza Mey parlamentning ko‘pchilik a'zolari kelishuvni qo‘llab-quvvatlamasligi xavotiri sababli uning ko‘chirilishini e'lon qilgandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:21
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
Mavzuga oid

14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda

17:54 / 27.09.2024
Peshkuda 35 yoshli ayol tug‘uruqdan so‘ng vafot etdi

16:06 / 09.09.2024
Ayol tug‘uruqdan so‘ng vafot etdi. Shifokorlar undagi ko‘richakni «sehr» deb, «chalpak tarqatish»ni tavsiya qilgan

10:35 / 05.04.2024