Jamiyat | 10:09 / 14.01.2019
7644
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi ehtiyotsizlik oqibatida miltiqdan o‘zini jarohatladi

Illyustrativ foto

2019 yil 12 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Maydayobu mahallasida yashovchi 17 yoshli X.A. birga yashovchi bobosi Y.A.ga tegishli, IIB ro‘yxatida bo‘lgan ov miltig‘ini hech kimga bildirmasdan uyidan olib chiqib ketgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada X.A. mahallasi hududidagi dala maydonida ov qilmoqchi bo‘lib, o‘qni almashtirayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida miltiq otilib, o‘q o‘ng oyoq tizza qismiga tegib, jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

Mavzuga oid