Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident va fuqarolar muloqoti. Kim qaysi usulni tanlaydi?

Har bir davlat rahbari o‘z fuqarolari bilan uchrashadi, suhbatlar quradi, turli shaklda muloqotga kirishadi. Ular bu borada o‘ziga xos uslubni tanlashga intiladi.
Shohlar, qirollarning o‘z xalqi bilan muntazam muloqot qilib turgani, o‘zlarini tanitmay bozorlarni kezgani to‘g‘risida ko‘plab rivoyatlar, hikoyalar bor. Ammo bular ko‘proq o‘sha podshohlarning naqadar odilligini ko‘rsatish uchun yozib qoldirilgan va amalda ko‘proq ertaklarga o‘xshaydi.
Aholining barcha qatlamlari uchun chiqishlar qilish, fuqarolar bilan muloqotga kirishish, savollarga bevosita javob berish va buning uchun ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanishni dastlab AQSh prezidenti Franklin Delano Ruzvelt boshlab bergan. U 1933 yildan 1944 yilga qadar 11 yil davomida «Kamin oldidagi suhbatlar» nomi bilan radio orqali fuqarolardan tushgan savollarga javob bergan, eng muhim masalalar yechimi bilan o‘rtoqlashgan.
Ruzveltning bu suhbatlari o‘rtacha 15-45 daqiqa davom etgan va odamlar o‘sha paytda radio oldida to‘planib, prezidentning har bir so‘zini diqqat bilan tinglashgan.
Keyinchalik AQSh prezidentlaridan ayrimlari shunga o‘xshash chiqishlar qilgan bo‘lsada, ularning hech biri muntazamlik kasb etmagan. Lekin 1982 yildan boshlab Ronald Reygan avval radio, keyinchalik televideniye orqali o‘z xalqiga murojaat qilishni yo‘lga qo‘yadi. Barak Obama esa bu borada Oq uyning YouTube portalidagi rasmiy sahifasidan foydalandi. Amaldagi prezident Donald Tramp hammasidan ham tvitterni afzal biladi.
Bu borada muntazamlik va o‘tkazilgan vaqt bo‘yicha yetakchilik Venesuelaning marhum prezidenti Ugo Chavesga tegishli. U 1999 yilning 23 mayidan 2012 yilning 29 yanvariga qadar o‘zining «Allo, prezident» loyihasini yuritgan va har yakshanba soat 11:00dan boshlab teleekranlarda paydo bo‘lgan. Ko‘rsatuvlar davomiyligi 4 soatdan 8 soatgachani tashkil etgan va jami 378ta ko‘rsatuvning dastlabkilarida haqiqatan ham prezident oddiy xalqning muammolarini tinglab, ularni yechish haqida ko‘rsatmalar bergan. Ammo asta-sekin ko‘rsatuv formati o‘zgara borib, tobora cho‘zilavergan hamda Chavesning AQSh imperialistlarini qoralovchi falsafiy monologlariga aylanib borgan.
Chavesning bu g‘oyasini Lotin Amerikasidagi ko‘plab davlatlar rahbarlari yo‘lga qo‘yishadi, ammo bu ko‘rsatuvlarning umri qisqa bo‘ldi.
2014 yilning sentyabridan boshlab Singapur bosh vaziri Li Syan Lun ham televideniye orqali «Bosh vazirdan so‘ra» deb nomlangan loyihasini boshlagan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2001 yildan buyon har yili (2004 va 2013 yillardan tashqari) «Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa» ko‘rsatuvida chiqadi va oldindan hamda jonli efir paytida kelib tushgan, shuningdek zaldagi jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob beradi. Bu yirik loyiha Putin bosh vazir bo‘lgan yillarda «Vladimir Putin bilan suhbat» nomi ostida efirga uzatilgan.
Eng uzoq davom etgan ko‘rsatuv 2013 yilning 25 aprelida efirga uzatilgan va unda Putin 4 soatu 47 daqiqa davomida kelib tushgan 3 milliondan ortiq savollarning ayrimlariga javob bergan.
O‘zbekistonda ham prezident va xalq o‘rtasidagi muloqotning turli usullari qo‘llaniladi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda prezident faoliyatining ochiqligi yangi bosqichga chiqdi – davlat rahbarining matbuot xizmati OAV uchun keng ko‘lamda ma'lumotlar tarqata boshladi. Bu xizmat nafaqat televideniye yoki bosma matbuot, balki internet saytlari bilan ham bevosita aloqani yo‘lga qo‘ydi, barcha yetakchi ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalana boshladi.
Shuningdek, muammolarni o‘rganish, yechish, tahlil qilib borishda «Prezident portali»ning ahamiyati katta bo‘ldi. Bu portalning o‘ziga xos jihati shundaki, har qanday murojaat albatta o‘rganilishi va natijasi qayd etilishi shart.
Abror Zohidov tayyorladi
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

08:15 / 26.08.2024
O‘zbekistonda ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha global muloqot bo‘lib o‘tadi

15:58 / 11.11.2023
Putinning urush boshlanganidan beri birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqoti qachon o‘tkazilishi aytildi

15:43 / 10.11.2023
Kreml Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqoti va matbuot anjumanini birlashtiradi

08:59 / 02.11.2023