Toshkent shahar hokimligining o‘z banki paydo bo‘ldi. Uning ustav kapitali 100 mlrd so‘m

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Toshkent shahrida yangi “Poytaxt bank” o‘z faoliyatini boshladi. Bank poytaxtda arzon uy-joylar sotib olish va qurishga kredit ajratishga ixtisoslashgan. Endilikda bu yerda 130 ga yaqin xodimlar mijozlarga xizmat ko‘rsatadi, deb xabar bermoqda shahar hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, bank to‘liq Toshkent shahar hokimligi tomonidan moliyalashtirilgan. Bankning afzalliklaridan biri, interaktiv xizmatlarning yo‘lga qo‘yilganligi. Unga ko‘ra, mijoz hatto bankka kelmagan taqdirda ham hisob raqami ochilishi va boshqa xizmatlarni masofadan turib amalga oshirishi mumkin.
Yangi bank Toshkentda ko‘p qavatli uylarni qurish va ta'mirlash bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlarga kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish, muhandislik infratuzilmalari sifatini yaxshilashni ko‘zda tutuvchi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirib, investitsion faoliyatni olib boradi, deyiladi xabarda.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Markaziy banki ma'lumotiga ko‘ra, bankning ustav kapitali 100 mlrd so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, 100 foiz Toshkent shahar hokimligi tomonidan shakllantirilgan.
Bank kengashi Raisi – Toshkent shahar hokimi mahkamasining Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Lutfilla Nurullayevich Ismatullayev. Bank boshqaruv raisi – Qaxramon Tursunovich Aripov. Bank manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 55-uy (Raqobat qo‘mitasining sobiq binosi).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2018 yil 29 dekabrda “Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyatiga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.
Mavzuga oid

16:30 / 13.03.2025
Toshkentga tramvayni qaytarish bo‘yicha yana bir “yo‘l xaritasi” imzolandi

14:39 / 13.03.2025
Toshkentda uch bolasi bilan tilanchilik qilib yurgan ayol qo‘lga olindi

21:27 / 12.03.2025
Toshkentda havo tozaligini nazorat qiluvchi ikkita stansiya o‘rnatildi

16:46 / 12.03.2025