Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi XAEA bosh direktori bilan uchrashdi

Foto: TIV axborot xizmati
21 dekabrda O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili Sherzod Asadov Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Mixail Chudakovga O‘zbekistonning agentlikdagi doimiy vakili sifatida ishonch yorlig‘ini topshirdi.
Ushbu marosimdan keyin o‘tgan muloqotda O‘zbekiston va XAEA o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Chudakov XAEA O‘zbekistonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar va jadal amalga oshirilayotgan islohotlar ortidan katta qiziqish bilan kuzayotganini ta'kidlab o‘tgan. Uning aytishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi ilk atom elektr stansiyasi qurish tashabbusi tahsinga sazovordir.
Chudakov O‘zbekiston delegatsiyasining XAEAning turli tadbirlarida faol ishtirok etishini ta'kidlab o‘tdi va Toshkentda oktabr-noyabr oylarida o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan ikkita seminarning samarali tashkillashtirilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning amaliy jihatlarini ko‘rib chiqishdi.
Ayni vaqtda XAEA O‘zbekistonda Fanlar akademiyasi, turli vazirliklar bilan 10 ta milliy loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda va 2020-2021 yillarda Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti, “O‘zatom” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti bilan birgalikda amalga oshirilishi taklif qilingan 4 ta loyiha ustida ish olib bormoqda.
Mixail Chudakov uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston ekologik harakatini bildiruvchi deputatlarni XAEAning Venadagi bosh qarorgohiga taklif qilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

00:57 / 21.07.2025
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025