Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilda rekord sondagi neft tankerlari temir-tersakka topshirildi

Joriy yilda neft tankerlari egalari rekord sonda – 100 ta tankerni temir-tersakka jo‘natishdi. Bu haqda Clarkson Research Services Ltd ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Tankerlarning sig‘imdorligi bo‘yicha bu ko‘rsatkich 1985 yildan beri maksimal hisoblanadi.
Clarkson Research Services dunyodagi eng yirik kemalar makleri Clarkson Plc kompaniyasining bir qismi hisoblanadi.
Joriy yil sentyabrga qadar tankerlar operatorlari olgan daromad oxirgi 30 yil ichidagi eng pasti bo‘lgani bilan ajralib turgan. Shu sababli tankerlar egalari ziyon keltirayotgan kemalardan voz kechishga qaror qilishgan.
Biroq kemalar egalari AQShning Eronga qarshi sanksiyalarining ikkinchi qismi kuchga kirishi hamda Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini oshirishi sababli neft tashishga talab kuzda keskin ko‘tarilishini hisobga olishmagan.
Clarkson ma'lumotlariga ko‘ra, zarar keltirayotgan tankerlarni saqlab qolgan kompaniyalar uchun yuk tashish haqi sentyabrdan dekabr o‘rtasigacha 3 martadan ko‘proqqa oshgan.
Misol uchun, Shimoliy dengizda 600 ming barrel neft tashishga mo‘ljallangan tankerning fraxti (tashish uchun haq) 3,5 yillik maksimum qiymatgacha – 72 ming dollardan ko‘proqqa qimmatlashgan. 2 mln barrelgacha neft orta oladigan supertankerlar esa Yaqin Sharq davlatlaridan Xitoygacha bo‘lgan yo‘nalishda kuniga 58 ming dollar daromad olmoqda. Bu qiymat 2017 yil boshidan eng yuqori qiymat hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Ukrainaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni qayta tikladi
Jahon | 13:37
-
Maxtumquli ko‘chasida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 13:31
-
4 gektar bo‘sh yer maydonini 420 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat | 13:27
-
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
Jahon | 12:46
Mavzuga oid

08:43 / 13.05.2019
BAAda neft tankerlaridagi portlashlar qo‘poruvchilik deb tan olindi

18:39 / 22.11.2017