AQSh Skripallarni zaharlashda gumon qilinayotgan Petrov va Boshirovga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh GRUning sobiq zobiti Sergeya Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlash ijrochilari deb nomlanuvchi Anatoliy Chepiga va Aleksandr Mishkinga qarshi sanksiyalar kiritdi.
AQSh moliya vazirligi xabarida ta'kidlanishicha, bu kishilar Ruslan Boshirov va Aleksandr Petrov kabi ham ma'lum. Sentabr boshida Britaniya OAV Petrov va Boshirovni Skripallarni zaharlash ijrochilari deb atagan va ular GRU xodimlari ekanini ta'kidlab o‘tgan. The Insider va Bellingcat nashrlari Boshirovning haqiqiy ismi Anatoliy Chepiga, Petrovniki esa Aleksandr Mishkin ekanligi ta'kidlangan tergovlar olib borgan.
Bundan tashqari, GRU bilan bog‘liqligi ta'kidlangan 13 kishi sanksiyalar ostiga tushgan.
Jumladan, AQSh sanksiyalari ostiga Yevgeniy Prigojinning Concord Management and Consulting LLC kompaniyasiga aloqador 4 ta ommaviy axborot vositasi tushgan. Bular: “Ekonomika segodnya”, “Federalnoye agentstvo novostey” (FAN) va “Nevskiye novosti” nashrlari. Shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatiga USA Really axborot agentligi tushgan.
Mavzuga oid

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17 / 12.03.2025
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27 / 12.03.2025