Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston shakar ishlab chiqarishni tikladi, import shakarga 20 foizlik soliq joriy etildi

Foto: Fotolia
Prezidentning 12 dekabrdagi farmoni bilan import qilinadigan shakarga 20 foizlik QQS joriy etildi.
Shu bilan birga, shakar ishlab chiqaruvchilarni import xom ashyosi asosida ishlab chiqarilgan hajmlar qismiga qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi. Buning oqibatida, O‘zbekiston bozorlarida shakar narxi oshdi, deb yozmoqda Ca-news.
Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassisining qayd etishicha, import qilinuvchi shakarni, 2018 yilda amal qilgan, QQSdan ozod etish ichki bozorda talabni qondirish va chakana narxlarning keskin o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun vaqtinchalik chora bo‘lgan.
Ekspertning izoh berishicha, import qilinuvchi shakarga (asosan Ukrainadan) 20 foizlik QQS joriy etilishidan ko‘zlangan maqsad - «mahalliy ishlab chiqaruvchilarga oyoqqa turishga yordam berish».
Hukumat 2017 yil sentyabrida o‘zbek so‘mi devalvatsiyasini e'lon qilganidan so‘ng, O‘zbekistondagi ikki shakar ishlab chiqaruvchi - «Xorazm-Shakar» va «Angren-Shakar» o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Shakarni ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorning xabar qilishicha, shakar narxi avtomatik tarzda 20 foizga oshdi. «12 dekabrga qadar men shakarni bir kilogramm uchun 4160 so‘mdan sotib olardim, endi u 4500 so‘m turibdi. Bir qop shakar 208 ming edi, hozir esa 225 mingga yetdi. Endi uni bir kilogramm uchun 5300-5500 so‘mdan sotishga majburman», - deya aytib o‘tgan tadbirkor.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, har bir o‘zbekistonlik yiliga o‘rtacha 15-16 kilogramm shakar iste'mol qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ukrainadan shakar importini tiklagani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 20:38
-
Toshkent viloyatida qizining nomusiga tekkan ota 12 yilga qamaldi
Jamiyat | 20:35
-
Moskvada o‘zbekistonlik erkak uchinchi qavatdan yiqilib, halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:34
-
Isroil G‘azo blokadasini buzish uchun kelgan kemani qo‘lga oldi
Jahon | 20:22
Mavzuga oid

11:04
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi

11:00 / 01.07.2025
Pensiya miqdorini oldindan aniqlash xizmati joriy etiladi

10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

14:06 / 03.05.2025