Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura: 12 ming dollar pora so‘ragan sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Fotolia
2018 yil 11 dekabr kuni fuqaro M.E. Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Z.I. turar-joyga nisbatan mulk huquqini belgilash bo‘yicha nizoli masalani hal qilishi evaziga 12 ming AQSh dollarini pora tariqasida talab qilayotganligini bayon qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur murojaatga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, sudya Z.I. fuqaro M.A.ning Urganch tumanida joylashgan turar-joyiga nisbatan mulk huquqini belgilash bo‘yicha nizoli masalani rahbarlar bilan gaplashib, uning foydasiga hal qilib berish evaziga uning ishonchli vakili A.E.dan 12 ming AQSh dollari olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.
O‘tkazilgan tadbir yuzasidan to‘plangan hujjatlar asosida 2018 yil 14 dekabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Z.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunining 70-moddasiga muvofiq holda, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
Jahon | 19:23
-
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
Jahon | 19:06
-
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi
Jahon | 18:58
-
Fransuz vaziri yaqin kunlarda arab davlatlari “ilk bor HAMASdan qurolsizlanishni talab qilishlari”ni aytdi
Jahon | 18:55
Mavzuga oid

14:58 / 17.07.2025
Xorazmda saksovulfurushlarni ta’qib qilgan inspektorlar kaltaklandi

10:02 / 28.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

17:14 / 26.06.2025
Suv, quyosh va innovatsiya: xorazmlik fermerlar qanday qilib hosildorlik va daromadni oshirmoqda?

14:12 / 25.06.2025