Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zagrolizing» meva-sabzavot yetishtiruvchilar uchun mobil sex va mobil sovutgichlarni taklif etadi
«O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati tashabbusi va muallifligi ostida «Tecno food Service» korxonasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda ilk bor ko‘chma «meva-sabzavotlarni qayta ishlaydigan konteyner ko‘rinishidagi mobil sex» hamda «meva-sabzavotlarni o‘rtacha haroratda saqlaydigan mobil sovutgich»lar ishlab chiqarilmoqda.



«Meva-sabzavotlarni qayta ishlaydigan konteyner ko‘rinishidagi mobil sex»da meva va sabzavotlarni quritish, murabbo va turli ko‘rinishdagi mevali shirinliklarni tayyorlash va qadoqlash imkoniyatlari mavjud. Kuniga o‘rtacha 1 tonnagacha mahsulot tayyorlash quvvatiga ega.
«Meva-sabzavotlarni saqlaydigan mobil sovutgich»lar -5 dan +5 darajada va go‘sht mahsulotlari uchun -18 daraja haroratda ishlaydi hamda 10-15 tonna hajmdagi mahsulotlarni sig‘dira oladi.



Rejaga asosan, kelgusida yana 10 ta turli agrosanoat loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan.
Bular:
1. Parrandachilik uchun mini fermalar;
2. UZV tizimida ishlovchi baliqchilik mini fermalari;
3. Quyonchilik mini fermalari;
4. Asalarichilik uchun mini fermalar;
5. Go‘shtni qayta ishlovchi mini sexlar;
6. Sutni qayta ishlovchi mini sexlar;
7. Biogaz uskunalari;
8. Ko‘chma gaz quyish shoxobchalari;
9. Tomchilab sug‘orish mobil tizimlari;
10. Omuxta yem tayyorlash mini sexlari.


Ta'kidlash lozimki, mazkur mobil texnologiyalarning quyidagi bir qator afzalliklari mavjud:
- Hududlardagi mahalliy hokimliklar tomonidan alohida yer maydonlari ajratish shart emas;
- Tadbirkorlar tomonidan qurilish ishlari olib borishga ham hojat yo‘q;
- Yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
- «O‘zagrolizing» AJ tomonidan mulk garovisiz taqdim qilinadi.
Mobil sex va mobil sovutgichlar tadbirkorlarga «O‘zagrolizing» AJ tomonidan to‘liq tayyor holda olib borib, o‘rnatib, ishlatib beriladi.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni olish uchun «O‘zagrolizing» AJ Bosh binosiga tashrif buyurishingiz yoki telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, Abay ko‘chasi 4a-uy
Telefonlar: 0371 244 62 73, 0371 244 49 89, 0371 244 61 36, 0597 735 25 55
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
-
Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:38 / 14.07.2025
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi, Termizda Rossiya harbiylari bilan o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda - mahalliy dayjest
Jahon | 23:28 / 14.07.2025
Mavzuga oid

14:49 / 22.04.2024
O‘zbekistondagi yirik lizing kompaniyalaridan biri – “O‘zagrolizing” AJ o‘sishning yangi bosqichini namoyish etmoqda

17:00 / 07.06.2022
O‘zagrolizing - O‘zbekiston lizing bozori yetakchisi xalqaro moliya bozoriga kirib bormoqda

18:47 / 04.12.2020
Bosh vazir sobiq o‘rinbosari Nodir Otajonov yangi lavozimga tayinlandi

17:00 / 29.08.2020