Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2-Global Tadbirkorlik Haftaligi to‘g‘risida 5ta savol

GEW – bu nima? Global Tadbirkorlik Haftaligi (GEW) – har yili o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, butun dunyo tadbirkorlari uchun yangi g‘oyalarni izlashda 160ta GEN (Global tadbirkorlik tarmog‘i) mamlakatlarni birlashtiradi. O‘zbekistonda haftalik GEN Uzbekistan, Yoshlar ittifoqi, Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi kabi tashkilotchilar ko‘magida va Ground Zero kovorking hamkorligida ikkinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Yetuk va yosh tadbirkorlar, moliya institutlari, investorlar, biznes uyushmalari, talabalar, frilanserlar va boshqa manfaatdor tomonlarni bir platformada birlashtirish maqsadida Global Tadbirkorlik Haftaligi ishga tushiriladi.

GEW doirasida qanday tadbirlar o‘tkaziladi? Global Tadbirkorlik Haftaligi startaplar, ta'lim va martaba, moliya, ayollar tadbirkorligi, biznesning kengayishi va o‘sishi, turizm, marketing, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi ko‘plab sohalarni o‘z ichiga oladi. 2018 yil 12 noyabrdan 18 noyabrgacha treninglar, taqdimotlar, mahorat darslari, konsertlar, b2b-uchrashuvlari, telemostlar, vebinarlar va turli xil biznes mavzularda muhokamalar bo‘lib o‘tadi.

Ma'ruzachi sifatida kimlar so‘zga chiqadi? - Tadbirlarda O‘zbekistonning yetuk tadbirkorlari, xorijiy ishbilarmonlar, biznes va ekotizim sohasidagi mutaxassislar, O‘zbekiston va xorijiy davlat idoralari vakillari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillari so‘zga chiqishadi. Xorijiy ma'ruzachilar orasida Jozef Kennet Zeigler (Rockstarz Asia (Singapur)direktori), Georgiy Tsxakayya (GLCC Solutions asoschisi (Gruziya), Bobbi Xenebri (Henebry Blockchain & Cryptocurrency Consulting, LLC bosh direktori), Faris Alami (International Strategic Management bosh direktori (AQSh),Sergey Tantushyan (Cooperation of Eurasia Partnership Foundation direktori (Armaniston), Buke Chuxadar (Global tadbirkorlik tarmog‘i (GEN) vitse-prezidenti), Yaroslav Romanchuk («Strategiya» analitik markazi ijrochi direktori, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha prezident kengashi a'zosi (Belarus), Eduard Yakubov (Xolon Texnologiya Universiteti prezidenti (Isroil) kabi biznesmenlar va boshqalar bor.

Qanday sessiya va tadbirlar o‘tkaziladi?
Haftalikning har bir kuni auditoriya manfaatlarini ko‘proq qamrab olish uchun alohida mavzularga bag‘ishlangan:
12.11.2018 (dushanba) Biznes uchrashuv va muzokaralar kuni;
13.11.2018 (seshanba) Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish kuni;
14.11.2018 (chorshanba) Toshkentdagi investitsiyalar va biznes kuni;
15.11.2018 (payshanba) Innovatsiyalar va startaplar kuni;
16.11.2018 (juma) Moliya va investitsiyalar kuni;
17.11.2018 (shanba) Biznesda ijtimoiy javobgarlik kuni;
18.11.2018 (yakshanba) Madaniyat va O‘zbekistonning hududlari bilan tanishish kuni.
Shuningdek, Buxoro, Samarqand va Qarshi shaharlarida yetuk tadbirkorlar tomonidan 3ta mahorat darslari tashkil etiladi.

Haftalik tadbirlariga qanday qilib borish mumkin? – Shunchaki saytimiz orqali ro‘yxatdan o‘ting: gew.genuzbekistan.uz, telegram kanalga obuna bo‘ling:
GENUzbekistan.uz yoki +998 90 938 00 25 raqamiga ko‘ng‘iroqni amalga oshiring.
Batafsil ma'lumot gew.genuzbekistan.uz saytida.
Global Tadbirkorlik Haftaligi – rivojlanish uchun hamkorlik!

Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun quyidagi kanallarga obuna bo‘ling:
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

17:00 / 05.07.2025
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?

16:18 / 30.06.2025
Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi

21:46 / 19.06.2025