Toshkentda «gashishchi»larga sud hukmi o‘qildi

Joriy yilning oktabr oyida Toshkent shahri, Sergeli tuman sudi Bakayev Sh. raisligida sud majlisi o‘tkazildi. Majlisda sudlanuvchi A.I. va M.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi (bu qismning giyohvandlik vositalarini olib o‘tish bandi tegishli) va 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) sud ishi ko‘rib chiqildi.
Sudning aniqlashicha, A.I. Murod ismli shaxsga 13 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi «Ipoteka-bank» Chilonzor filialida «Zolotaya korona» xalqaro pul o‘tkazma turi orqali o‘tkazgan pullari va Whatsapp va IMO ijtimoiy tarmoqlari orqali so‘zlashuvlar bilan ayb o‘z isbotini topdi. Ushbu jinoiy faoliyatda birgalikda harakat qilgan A.I. va M.J. Murod ismli shaxs bilan kelishgan. Bu shaxs Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston hududiga bojxona tekshiruvini chetlagan holda «Kamaz» yuk mashinasida 5 kg. «gashish» giyohvandlik vositasini o‘tkazgan. Toshkent shahri Chilonzor metro bekati yaqinida giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga olingan.
Sud aybi isbotlangan sudlanuvchilarga jazo tayinladi. Sudlanuvchi A.I. Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi, 273-moddasi 5-qismi bilan aybdor deb topilib, 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudlanuvchi M.J. ga nisbatan ham 246-moddasi 2-qismi, 273-moddasi 5-qismi bilan 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi va Kodeksning 96-moddasi bilan jazoni ijro etish joylarida giyohvandlikdan (gashish) majburiy tarzda davolash tayinlandi.
Taraflarga suddan norozi taraf 10 kun ichida shikoyat qilish huquqi tushuntirildi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34
-
Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:28
-
Qo‘yliq bozorida bo‘g‘ma ilonlarni noqonuniy sotayotganlar jazolandi
Jamiyat | 20:22
-
Prezident Parkent tumanida «Parkensoy» turar joy massivi qurilishi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:28
Mavzuga oid

10:23 / 10.04.2025
Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi

15:42 / 09.04.2025
Andijon shahar bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘z xonasida psixotrop modda iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi

13:43 / 05.02.2025
Toshkent viloyatida yarim kilogramm gashish olib yurgan avtomashina aniqlandi

08:23 / 12.12.2024