«O‘zbekoziqovqatxolding» tugatilishi mumkin

Iqtisodiyot vazirligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga bozordagi real vaziyatni hisobga olgan holda ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil belgilash, eksportni ko‘paytirish va xorijda milliy brendlarni ilgari surishda ko‘proq erkinlik berishni taklif etmoqda, deb yozadi Norma.
Ayni paytda, Iqtisodiyot vazirligi mutaxassislarining baholashicha, soha korxonalar boshqaruvi qat'iy tartibga solinishi, ortiqcha bo‘g‘inlar va bir-birini takrorlovchi funksiyalar mavjudligi, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar bilan tizimli ish olib borilmasligi bilan bog‘liq bir qator muammolarga to‘qnash kelgan.
Iqtisodiyot vazirligining taklifiga ko‘ra, «O‘zbekoziqovqatxolding» XK tugatilib, «Oziqovqatsanoat» uyushmasi tashkil etilishi bilan muammo yechimini topadi. Yangi uyushma oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirishi ko‘zlanmoqda.
«O‘zbekoziqovqatxolding» XKning mol-mulki va funksiyalari vazirlik va idoralar o‘rtasida taqsimlanishi nazarda tutilmoqda. Xususan, Qishloq xo‘jaligi standartlashtirish markaziga oziq-ovqat mahsulotlari uchun DST, standartlar va texnik reglamentlar ishlab chiqish vakolati beriladi, shuningdek oziq-ovqat sohasi obektlari rekonstruksiya qilinishi va texnik qayta qurollantirilishini kengaytirish funksiyalari topshiriladi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga doir normativ va texnologik reglamentlarni ishlab chiqish bilan ham uning o‘zi shug‘ullanadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi qayta ishlov berish korxonalarining fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzishini tashkil etish va ta'minlash, ularga o‘z vaqtida avans berilishini monitoring qilish bilan shug‘ullanadi.
Loyiha rad etilishi, o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimcha kiritilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘izistonning «kartoshka urushi» haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Jasorat maktablari"ga qanday o‘qishga kirish mumkin?
O‘zbekiston | 12:03
-
YeIdan ikki tashkilot Rossiyadagi «nomaqbul» tashkilotlar reyestriga qo‘shildi
Jahon | 11:48
-
Sotilmagan munitsipal obektlar ijaraga beriladi
O‘zbekiston | 11:37
-
Tramp: Putin AQShning yangi sanksiyalari tahdididan xavotirda
Jahon | 11:20
Mavzuga oid

15:37 / 24.06.2025
Shisha butilkalarda plastik butilkaga nisbatan ko‘proq mikroplastmassa borligi aniqlandi

13:31 / 10.04.2025
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda

21:15 / 09.04.2025
AQSh qashshoq mamlakatlar uchun ilgari yopilgan bir nechta oziq-ovqat dasturlarini tiklaydi

22:20 / 11.02.2025