O‘zbekiston | 01:53 / 18.10.2018
6914
2 daqiqa o‘qiladi
Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bo‘yicha Tashqi savdo vazirligiga qo‘shimcha funksiyalar yuklatilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklatilmoqda:
- meva-sabzavot mahsulotlari eksporti sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
- salohiyatli hamkorlar izlash, an'anaviy va yangi sotish bozorlariga chiqish uchun imkoniyatlar yaratish, shuningdek, zarurat bo‘lganda eksport shartnomasi bajarilishini uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishga amaliy yordam ko‘rsatish;
- tashqi bozorlarda meva-sabzavot mahsulotlarining narx kon'yunkturasini tizimli asosda o‘rganish, shu jumladan, hududlarga chiqqan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar bilan har oyda uchrashuvlar o‘tkazish, shuningdek, o‘rganish natijalari, xususan, meva-sabzavot mahsulotlari eksport narxlari darajasi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning o‘z rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalarida chop etilishini tashkillashtirish;
- har oyda meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilarga asosiy sotish bozorlari bo‘yicha tahlil natijalari va prognozlarini, xususan, narx kon'yunkturasining o‘zgarishlari, belgilangan punktlar kesimida yuklash hajmlari hamda meva-sabzavot mahsulotlarini import qilishda texnik talablar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtirish orqali taqdim etish.
Mavzuga oid

08:27 / 10.03.2025
SIPRI: AQSh qurol eksportini oshiryapti, Rossiya - qisqartiryapti

17:59 / 06.03.2025
“Namangan” maxsus eksport zonasi tashkil etiladi

13:36 / 14.02.2025
Eksport bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar ro‘yxati o‘zgartirildi

12:29 / 14.02.2025