O‘zbekiston "Eng yaxshi gastronomik yo‘nalish" deya tan olindi
National Geographic Traveler'da mashhur turistik yo‘nalishlar orasidan eng yaxshilari uchun ovoz berish jarayoni nihoyasiga yetdi. "Gastronomik turizm" nominatsiyasida O‘zbekiston eng yaxshi turistik yo‘nalish deb tan olindi.
Onlayn ovoz berish 22 iyundan 12 oktabrga qadar davom etdi va 25 asosiy nominatsiyani o‘z ichiga oldi.
"Gastronomik turizm" nominatsiyasida O‘zbekiston yetakchilikni qo‘lga kiritdi - 34 foiz ishtirokchi mamlakatimiz uchun ovoz bergan. Ikkinchi o‘rinni 21 foiz ovoz bilan Italiya egalladi. Uchinchi o‘rin - 17 foiz ovoz bilan Ozarboyjonda.
Mavzuga oid

13:48
2025 yilda O‘zbekistonga 12 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda

18:05 / 06.02.2025
“Ijodkor” firibgarlar: bunaqalari kinolarda ham uchramaydi

15:48 / 03.02.2025
O‘zbekistonlik yigit Spark’da Yevropaga safar qildi

16:08 / 31.01.2025