Prezident qarori: Buxoro viloyatida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Buxoro viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Buxoro viloyati hokimligining Buxoro viloyatida davlat mulkining va davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obektlari negizida kichik sanoat zonalarini (KSZ) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obektlarining Buxoro viloyati hokimligiga belgilangan tartibda o‘tkazilishini, shuningdek, davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obektlarni ularning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushini va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ulushini tegishli ravishda o‘tkazilayotgan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga kamaytirgan holda Buxoro viloyati hokimligiga topshirish masalasi ko‘rib chiqilishini ta'minlaydi.
Belgilab qo‘yilishicha:
KSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik sub'yektlariga biznes rejalarni bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlab qolish, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yilga uzoq muddatli ijaraga beriladi;
KSZ hududidagi ko‘chmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, ortib boradigan koeffitsiyentni qo‘llamasdan ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi;
KSZ ishtirokchilariga investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–3356-son qarori bilan tashkil etilgan Buxoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma'muriy kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Belgilanishicha, KSZ direksiyasi va ishtirokchilariga 2020 yilning 1 noyabriga qadar ular egallab turgan maydondan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer solig‘ining belgilangan eng kam miqdori – uch baravardan kam bo‘lmagan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablar tatbiq etilmaydi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron prezidenti mamlakatning yadroviy dasturdan voz kechmasligini aytdi
Jahon | 02:11
-
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi
Jahon | 00:50
-
Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi hibsga olindi
Jahon | 00:11
-
Pokiston Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi
Jahon | 00:06
Mavzuga oid

20:42 / 19.06.2025
Buxorodagi xususiy bog‘chada ikki yashar bola tok urishidan vafot etdi

16:10 / 18.06.2025
"Bunday holatlar davlatni xalqaro darajada obro‘sizlantiradi" - Buxoro hokimi "ishi" faollar nigohida

21:52 / 12.06.2025
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi

14:04 / 10.06.2025