Jon Kerri «Eronni bombardimon qilishni xohlayotganlar» haqida gapirdi

Foto: AP
AQSh sobiq davlat kotibi Jon Kerrining ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning Eron yadroviy bitimidan chiqib ketishi mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik xavfini oshirdi. Kerrining so‘zlari Press TV tomonidan keltirilgan.
Sobiq davlat kotibi Xalqaro munosabatlar bo‘yicha kengashda so‘zga chiqib, shunday bayonot berdi.
«Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronni bombardimon qilishini xohlayotgan odamlar bor», - deya ma'lum qildi Kerri.
Uning ta'kidlashicha, buning uchun mas'uliyat qisman AQSh prezidenti Donald Trampga ham tegishli, aynan u Eron bilan yadroviy bitimdan voz kechishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSh sanksiyalariga qarshi turish mexanizmini ishlab chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27