Chernobilda birinchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

Foto: RIA "Novosti"
Chernobilda 1986 yilda portlab ketgan atom reaktorini yopib turuvchi sarkofagdan 100 metr narida 1 MVt quvvatga ega birinchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Reuters loyihaga boshchilik qilayotgan kompaniya ijrochi direktori Yevgeniy Varyaginga asoslanib xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, ochilish marosimi 5 oktabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan.
«Bu nafaqat yana bitta quyosh elektr stansiyasi - bu 1986 yilda portlab ketgan yadroviy reaktordan 100 metr masofada joylashgan yagona stansiya», - deya ta'kidlab o‘tdi Varyagin.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, «ushbu loyihaning ramziyligiga ortiqcha baho berish qiyin».
Mavzuga oid

10:49 / 15.09.2022
Quyosh va shamol elektr stansiyalarini xarid qilganlik uchun kompensatsiya to‘lanadi

11:18 / 09.06.2022
O‘zbekistonda besh oyda 6 ta yangi elektr stansiya ishga tushirildi

12:30 / 13.03.2022
Xorazmda yangi gaz-porshenli elektr stansiyasi ishga tushirildi

11:07 / 03.02.2022