«Bunyodkor»ni yenggan OKMK O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqdi

O‘zbekiston Kubogining yarimfinalidan o‘rin olgan ikkinchi o‘yin yakunlandi.
«Bunyodkor» Toshkentda Olmaliqning OKMK klubini qabul qilib, kutilmaganda 1:2 hisobida yutqazdi.
Barcha gollar 2-bo‘limda urildi. 57-daqiqada Muzaffar Muzaffarov darvozabon xatosidan foydalanib, uzoq masofadan «Bunyodkor» darvozasini ishg‘ol etdi. Oradan 5 daqiqa o‘tgach, Zafar Polvonov boshi bilan aniq zarba yo‘llab, mezbonlar darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritdi. 80-daqiqada Murod Toshmatov uzoq masofadan zarba yo‘llab, OKMK darvozasiga javob to‘pini kiritdi. Ammo, bundan ortig‘iga «Bunyodkor»ning kuchi yetmadi. Natijada, OKMK o‘z tarixida ilk marotaba O‘zbekiston Kubogi finaliga yo‘l oldi.
Final bahsi 28 oktabr kuni Farg‘onada o‘tkaziladi. Unda «Paxtakor» va OKMK bellashadi.
O‘zbekiston Kubogi, 1/2 final
28 sentabr, Toshkent
Bunyodkor (Toshkent) - OKMK (Olmaliq) - 1:2
Gollar: Toshmatov (80) - Muzaffarov (57), Polvonov (62)
Mavzuga oid

12:00 / 26.02.2025
OKMKda yangi ohak zavodi qurilishiga start berildi

13:54 / 12.12.2024
Gazprombankka qarshi sanksiyalar O‘zbekiston mis sanoati rivojini xavf ostiga qo‘yadi - The Diplomat

17:30 / 11.12.2024
OKMKda investitsiya loyihalari ishga tushirilmoqda: kombinatning yangi bosqichi va kelajagi haqida ma’lumot berildi

21:47 / 20.11.2024