Toshkentda yangi yo‘l belgisini o‘rnatish boshlandi
Poytaxtda svetoforning qizil chirog‘iga, barcha yo‘l harakati ishtirokchilarini o‘tkazib yuborgan holda o‘ngga burilish huquqini beruvchi yo‘l belgisini o‘rnatish boshlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu yo‘l belgisi chorrahalarda transport o‘tkazuvchanligini oshirish uchun joriy etilmoqda. Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, harakat ishtirokchilariga (piyodalarni ham yo‘l bergan holda svetoforning qizil chirog‘iga ham faqatgina o‘ngga burilish mumkin. Lekin harakat davomida boshqa harakat ishtirokchilariga xavf tug‘dirilmasligi shart.
Bu yo‘l belgisi o‘rnatilgan chorrahalardagi video-kameralar tomonidan svetoforning qizil chirog‘iga boshqa harakat ishtirokchilariga yo‘l bergan holda o‘ngga burilish qoidabuzarlik sifatida qayd etilmaydi.
Ushbu belgi quyidagi chorrahalarda o‘rnatiladi:
1. Furqat – Islom Karimov chorrahasi
2. Afrosiyob – Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasi
3. Forobiy – THAY ko‘chalari chorrahasi
4. Sharof Rashidov – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasi
5. Sharof Rashidov – Navoiy ko‘chalari chorrahasi
6. Navoiy – Amir Temur ko‘chalari chorrahasi
7. Osiyo – Amir Temur ko‘chalari chorrahasi
8. Osiyo – Oqqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasi
9. Mirzo-Ulug‘bek – Parkent ko‘chalari chorrahasi
10. Islom Karimov – Amir Temur ko‘chalari chorrahasi
11. Qatortol – Muqimiy ko‘chalari chorrahasi
12. Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasi
13. Chilonzor – KHAY ko‘chalari chorrahasi
14. Uyg‘ur – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasi
15. Talabalar – Qamarniso ko‘chalari chorrahasi
16. Beruniy – Saqichmon ko‘chalari chorrahasi
17. KHAY – Kichik Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasi
18. KHAY – Qatortol ko‘chalari chorrahasi
19. KHAY – Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasi
20. KHAY – Beruniy ko‘chalari chorrahasi
21. Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasi
22. Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasi
Mavzuga oid

16:30 / 13.03.2025
Toshkentga tramvayni qaytarish bo‘yicha yana bir “yo‘l xaritasi” imzolandi

14:39 / 13.03.2025
Toshkentda uch bolasi bilan tilanchilik qilib yurgan ayol qo‘lga olindi

21:27 / 12.03.2025
Toshkentda havo tozaligini nazorat qiluvchi ikkita stansiya o‘rnatildi

16:46 / 12.03.2025