Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalarning bilimi 5 ballik tizimda baholanadi
Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga muvofiq talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Oraliq nazorat har bir fan bo‘yicha 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin, deb yozadi “Huquqiy axborot” kanali.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida (tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida fan yakunida) o‘tkaziladi.
Talabalarning bilimi 5 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
• talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – 5 (a'lo) baho;
• talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
• talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
• talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda –2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Oraliq nazoratni topshirmagan yoki “2” baho olgan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu “2” baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkazilmaydi.
Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar natija e'lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
-
«Ertalab soat 6 da kimdir kelishini kutmagandim». Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi
Sport | 23:47 / 11.07.2025
-
Ispaniyada «Rostex» vitse-prezidentining o‘g‘li ushlandi. U pul yuvishda gumonlanmoqda
Jahon | 23:23 / 11.07.2025
Mavzuga oid

11:03 / 11.06.2025
Transport qiymatini baholash tartibi belgilandi

14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?

11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona

18:36 / 11.12.2024