Erkak dafn marosimidan ikki yil o‘tib paydo bo‘ldi

Foto: Coconuts Bangkok
19 yil ilgari bedarak yo‘qotgan taylik dafn marosimidan ikki yil o‘tgach uyiga qaytdi. Coconuts nashri shu haqida xabar berdi.
1999 yilda o‘sha vaqtlar 31 yoshda bo‘lgan Somsuk Somin o‘zi yashaydigan Surin provinsiyasini tark etib, qo‘shnisi bilan poytaxtga pul ishlash uchun ketgan. Biroq hamrohi bilimsiz Sominni katta shaharda yolg‘iz tashlab ketgan. Bir necha yil taylik asosan qurilishda ishlab pul topadi.
2015 yilda baliqchi do‘sti Sominga Pxuketda ish taklif qiladi. U rozi bo‘ladi, manzilga yetgach esa yangi xo‘jayini uning hujjatlarini olib qo‘yadi. Baliq tutish o‘rniga erkakni giyohvand modda tayyorlashga majburlashadi. U yerda arzimagan ehtiyotkorsizlik uchun kaltaklanadi. Shundan keyin Somin Malayziya qamoqxonasiga tushadi. Odam savdosiga qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qilish organlari vakillari uni vataniga qaytarishadi. Politsiyachilar uni kutib olib, uyiga jo‘natishadi.
"Men o‘qishni bilmaganim uchun uyimga kela olmadim. Ammo uyim va onamni juda sog‘indim", - deydi Somin.
Yaqinlari uning kelganidan qattiq hayratga tushishdi, chunki uni allaqachon vafot etgan deb hisoblashardi. 72 yoshli ona o‘g‘lini ko‘rib o‘kirib yig‘ladi. Yaqinlari ko‘p yillar uni topishga urinishdi, biroq bu urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlanardi. Oxir-oqibat 2016 yilda uning dafn marosimini o‘tkazishdi.
Mavzuga oid

16:52 / 17.02.2025
Malayziyada ayol oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun ishga har kuni samolyotda qatnayapti

15:40 / 12.02.2025
Tailandda 85 yoshli ayol o‘z dafn marosimida hushiga keldi

16:35 / 07.02.2025
Malayziya va Indoneziya ziyoratchilari uchun O‘zbekistonda “Umra plyus” turpaketi yo‘lga qo‘yiladi

11:15 / 07.02.2025