Jahon | 00:33 / 30.08.2018
9989
1 daqiqa o‘qiladi

Eron yadroviy kelishuvdan chiqishi bilan tahdid qilmoqda

Foto: Anadolu Agency

Eron yadroviy kelishuv uning milliy manfaatlariga mos kelmasa, undan chiqadi. Bu haqda Eronning oliy rahnamosi oyatulloh Ali Hamaneiy aytib o‘tdi.  

Hamaneiy Yevropa bilan muzokaralarni davom ettirishga qarshi emasligini, biroq Eron hukumati yadroviy kelishuvni saqlab qolish yoki iqtisodiyot masalalarida unga umid qilmasligi kerakligini ta'kidlab o‘tgan.

“Yadroviy kelishuv maqsad emas, vosita. Agar u Eronning milliy manfaatlariga mos kelmasa, Tehron undan chiqadi”, deb aytgan Hamaneiy Eron hukumati a'zolari bilan uchrashuvda.

Uiing fikricha, joriy bosqichda AQSh bilan biror-bir darajada muzokaralar o‘tkazishning imkoni yo‘q.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqqanini ma'lum qilgan. Shu sababli Eronga qarshi sanksiyalar ta'siri tiklangan.

Mavzuga oid