Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda portdagi portlashdan keyin milliy motam e’lon qilindi
Fojia oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 36 kishi halok bo‘lgan, 1200 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Foto: AFP
Eronda 28 aprel kuni Bandar-Abbos portida sodir bo‘lgan, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 36 kishi halok bo‘lgan va 1200 dan ortiq kishi jarohatlangan portlash ortidan milliy motam e’lon qilindi.
Portlashdan so‘ng boshlangan yong‘in dastlab nazoratga olindi, biroq u qator konteynerlarda bitum va kimyoviy moddalar borligi sababli portning sharqiy qismiga tarqaldi. Eron rasmiylari avvalroq portlash hech qanday harbiy materiallardan kelib chiqmaganini bildirgan edi. Fojia yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, portlash oqibatida bir necha kilometr radiusdagi binolarning derazalari sinib ketgan, internetda tarqalgan kadrlarda portlashdan keyin osmonda qo‘ziqorin shaklidagi bulut hosil bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Eron sog‘liqni saqlash vazirligi Ho‘rmuzgon viloyatida favqulodda holat rejimi e’lon qilib, aholidan uylarda qolish va derazalarni tambalab, niqob taqib yurish so‘ralgan.
Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon portlash bo‘yicha tekshiruv borishini nazorat qilish uchun mamlakat ichki ishlar vaziri ushbu hududga yuborilganini ma’lum qilgan. U portlash oqibatida halok bo‘lganlar uchun «chuqur hamdardlik» izhor etgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bandar-Abbos portidagi qurbonlar va keng ko‘lamli vayronagarchiliklar munosabati bilan Eron rahbariyatiga hamdardlik bildirdi. Yong‘inni o‘chirishga yordam berish uchun Rossiya respublikaga Favqulodda vaziyatlar vazirligining ikkita samolyoti – Be-200ChS amfibiya samolyoti va Il-76 samolyotini yuboradi.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

20:36 / 09.08.2025
Eron Zangezur yo‘lagini AQSh nazoratiga o‘tkazmaslikka va’da berdi

19:10 / 09.08.2025
Eron o‘z mutaxassislari o‘ldirilganidan keyin yadroviy dasturini qayta tuzdi – OAV

11:06 / 06.08.2025
Eronda jazirama tufayli davlat idoralari va banklar yopiladi

13:10 / 31.07.2025