Google “o‘zi o‘chirib yuboriluvchi” elektron maktub funksiyasini joriy qildi
Google pochtasida barcha foydalanuvchilar uchun “o‘zi o‘chirib yuboriluvchi” elektron maktubni jo‘natish funksiyasi amal qila boshladi. Bu haqda kompaniya ma'lum qildi.
Endi Gmail pochta xizmati foydalanuvchilari elektron maktubni jo‘natishda u Google serverlari va maktubni oluvchining pochta qutisidan avtomatik tarzda o‘chiriladigan sanani ko‘rsata olishadi. Sana bir kundan besh kungacha qilib o‘rnatilishi mumkin.
Bundan tashqari, bunday maktublarni boshqalarga jo‘natish, bosmadan chiqarish yoki undagi matnni ko‘chirib olish imkoni yo‘q.
Bundan tashqari, Gmail mobil qurilmalarda jo‘natilgan maktublarni tahrir qilish imkonini yo‘lga qo‘ydi. Unga ko‘ra, foydalanuvchilar jo‘natilgan maktublardagi xatolarni to‘g‘rilashlari yoki umuman maktubni o‘chirib tashlashlari mumkin.
Mavzuga oid

00:09 / 20.02.2025
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi

17:34 / 29.01.2025
Rossiya Googleʼga belgilagan jarimalar miqdori 2 duodetsillion rublga yaqinlashdi

20:19 / 28.01.2025
Google o‘z xaritalarida Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfaziga o‘zgartiradi

01:35 / 15.01.2025