Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy universitet tarkibida o‘zbek-isroil qo‘shma fakulteti tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida O‘zbek-Isroil qo‘shma “Yuqori texnologiyalar va muhandislik matematikasi” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy telegram kanali.
Qaror loyihasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida Isroil davlatining Xolon texnologiyalar instituti bilan hamkorlikdagi O‘zbek-Isroil qo‘shma “Yuqori texnologiyalar va muhandislik matematikasi” tashkil etish belgilangan.
Yangi fakultetda bakalavr va magistrlar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanib, talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida o‘zbek, rus va ingliz tillarida, kunduzgi ta'lim shaklida O‘zbekiston Respublikasi davlat ta'lim standartlari talablari inobatga olingan holda Xolon texnologiyalar institutida (Isroil) qabul qilingan ta'lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga ko‘ra, fakultetga abituriyentlarni talabalikka qabul qilish va fakultet bitiruvchilarining attestatsiyasi Xolon texnologiyalar institutida (Isroil) belgilangan tartib, talablar va muddatlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Qaror loyihasiga binoan bakalavr ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotasi mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqib, Universitet va Xolon Texnologiyalar instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari bilan kelishgan holda belgilanadi.
Fakultet talabalari o‘quv jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tasarrufidagi Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan bepul foydalanadi.
O‘zbek-Isroil qo‘shma fakulteti bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi hamda Isroilda oliy ta'lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan, o‘zaro kelishuv asosida belgilangan namunadagi ikki tomonlama tan olinadigan Universitet va Xolon Texnologiyalar instituti diplomi beriladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Pentagon Trampning samolyotini qayta jihozlash uchun 934 mln dollar yo‘naltirdi
Jahon | 20:11
-
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Jahon | 19:47
-
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
Jahon | 19:23
-
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
Jahon | 19:06
Mavzuga oid

18:04 / 06.12.2022
Milliy universitetdan yo‘qolgan nodir qo‘lyozmalar ishi: kutubxona rahbari ozod qilindi

08:11 / 16.10.2021
Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etiladi

13:37 / 14.01.2021
Manba: Inom Majidov Milliy universitetga rektor bo‘lishi kutilmoqda

08:03 / 19.11.2020