Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superligada iyul oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi «Lokomotiv» hujumchisi Marat Bikmayevni iyul oyining eng yaxshi futbolchisi deb e'lon qildi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 6 o‘yinda 5 gol va 2 golli uzatma muallifiga aylangan Marat Bikmayev 1-o‘rinni band etdi. Ushbu futbolchi Superliga klublari va murabbiylari tomonidan eng ko‘p ovoz berilgan nomzodga aylandi. Muxlislar so‘rovnomasida esa Bikmayev uchinchi bo‘ldi. Umumiy ballar sarhisobiga ko‘ra esa baribir Bikmayevga yetadigan raqobatchi topilmadi.

Ikkinchi pog‘ona esa Tiago Bezerraga nasib etdi. Bezerra muxlislar o‘rtasidagi ovoz berishda g‘olib bo‘ldi. Lekin murabbiylar va sardorlarning aksariyati bu futbolchini 2-o‘ringa loyiq topishdi. 3-o‘rindan esa Javlon Ibrohimov joy oldi.
Yakunda “Lokomotiv” hujumchisi Marat Bikmayev 49 ochko bilan eng ko‘p ovoz yig‘di. Superliga murabbiylari va sardorlaridan 12 nafari Bikmayevni 1-o‘ringa loyiq topishdi. Muxlislar o‘rtasidagi so‘rovnomada eng ko‘p ovoz olgan Tiago Bezerra esa yakunda jami 34 ochko jamg‘ardi. Uchinchi pog‘onani 24 ochko bilan Javlon Ibrohimov band etdi.
Muxlislar o‘rtasidagi so‘rovnomada qo‘qonlik ishqibozlar ancha dadillik ko‘rsatishdi. Zero himoyachi bo‘lishiga qaramay 11 metrli nuqtadan adashmay zarbalar yo‘llayotgan Murod Xolmuhammedov ishqibozlar o‘rtasidagi so‘rovnomada 2-o‘rinni egalladi va qo‘shimcha 4 ochkoga ega bo‘ldi. Biroq bu unga yakuniy jadvalda 3-o‘rinni egallash uchun yetarli bo‘lmadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

11:55 / 11.12.2024
Berdiyev - Superliganing eng yaxshi murabbiyi, Mozgovoy - eng yaxshi futbolchi

16:34 / 25.12.2021
Shomurodov – O‘zbekistonning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi, Berdiyev – eng yaxshi murabbiy. UZ Football Awards-2021 yakunlari

14:39 / 22.12.2021
O‘FA O‘zbekistonning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogar 10 futbolchidan yakuniy uchlikni aniqladi

20:53 / 17.11.2021