Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘llarda qo‘shimcha 136 mingta ko‘rsatkichlar o‘rnatiladi

Foto: Pixabay
Vazirlar Mahkamasining 26.07.2018 yildagi "Avtomobil yo‘llari infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yo‘l harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 584-son qarori e'lon qilindi, deb yozadi Norma.
Hujjatda qayd qilinishicha:
• avtomobil yo‘llarini qulay va shinam qilish hamda infratuzilmasini rivojlantirishga doir normativ hujjatlar zamonaviy talablarga mos kelmaydi. Xususan, 1970-80 yillarda ishlab chiqilgan amaldagi standartlarni yangilash talab etiladi;
• yo‘l belgilarini ishlab chiqarish va o‘rnatishga doir ishlarni tashkil etish hamda o‘tkazishga tizimli yondashilmayotir. Avtomobil yo‘llarida 70 mingdan ortiq eskirgan yo‘l belgilarini almashtirish, shuningdek 136 mingdan ortiq yangi ko‘rsatkichlarni o‘rnatish zarurligi aniqlandi;
• avtomobil yo‘llarini axborot-ko‘rsatkich belgilari bilan, shu jumladan chet tillardagi ko‘rsatkich belgilari bilan jihozlash bo‘yicha ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan.
Shu munosabat bilan, 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini taminlash konsepsiyasi doirasida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:
• birinchi - yo‘l ustiga chiziqlar tortishda, yo‘lovchilar o‘tish joylarini, avtomobil yo‘llari kesishadigan va tutashadigan joylarni, avtomobillarning qisqa muddat to‘xtab turish va to‘xtash joylarini qurishda innovatsion ishlanmalarni hamda nur qaytaruvchi materiallarni qo‘llash asosida yo‘l harakati ishtirokchilari xavfsizligi ta'minlansin;
• ikkinchi - yo‘l harakati ishtirokchilarini yo‘nalish bo‘ylab sifatli navigatsiya bilan ta'minlaydigan yo‘l belgilari va axborot ko‘rsatkichlarini, shu jumladan chet tillardagi yo‘l belgilari va axborot ko‘rsatkichlarini yetarli miqdorda o‘rnatish orqali "gapiradigan yo‘l" prinsipi bo‘yicha yo‘l harakati ishtirokchilarining xabardorligi oshirilsin";
• uchinchi - avtomobil yo‘llari foydalanuvchilariga yuqori darajada qulaylik yaratish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yo‘l bo‘yi hududlarini to‘liq ko‘kalamzorlashtirish, obod qilish va me'moriy-landshaft loyihasini tuzish, mazkur hududlarda infratuzilma obektlarini oqilona qurish hisobiga transport vositalarining ekologiyaga salbiy ta'siri kamaytirilsin;
• to‘rtinchi - axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini. texnik vositalar va dasturiy mahsulotlarni avtomobil yo‘llarini qurish, to‘g‘rilash va ulardan foydalanish jarayoniga keng joriy etilsin;
• beshinchi - yo‘llarni ta'mirlash ishlari sifatini oshirish va hududlarni obod qilish, shuningdek, tartibga solishning texnik vositalariga qo‘yilgan zamon talablariga javob beradigan, shuningdek, respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga moslashtirilgan zamonaviy chidamli materiallardan, butlovchi, tarkibiy qismlardan foydalanish hisobiga avtomobil yo‘llaridan foydalanishda xarajatlar kamaytirilsin.
Qaror bilan:
• 2019-2023 yillarda yo‘l belgilari ishlab chiqarishni va ularni respublika avtomobil yo‘llariga o‘rnatishni, yo‘l ustiga chidamli chiziqlar tortishni tashkil etish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi);
• 2019-2023 yillarda yo‘l belgilarini ishlab chiqarishni va respublika avtomobil yo‘llariga o‘rnatishni, yo‘l ustiga chidamli chiziqlar tortishni tashkil etish dasturini moliyalashtirish parametrlari;
• yo‘l belgilari ishlab chiqarishni va ularni respublika avtomobil yo‘llariga o‘rnatishni, yo‘l ustiga chidamli chiziqlar tortishni tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Dasturni ro‘yobga chiqarish doirasida “Uzavtoyo'lbelgi” DUK “O‘zeltexsanoat” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda energiya tejovchi texnologiyalar va quyosh energiyasi manbalaridan foydalangan holda elektron yo‘l belgilarining, eng avvalo, axborot-ko‘rsatkich va ogohlantirish belgilarining namunalarini ishlab chiqadi hamda 2019 yildan boshlab ularni ishlab chiqarishni hamda magistral avtomobil yo‘llari va markaziy shahar ko‘chalariga o‘rnatishni ta'minlaydi.
Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga esa quyidagilar topshirildi:
• IIV va manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda yashil rangli axborot-ko‘rsatkich belgilaridan ko‘proq foydalanilishini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llarini yo‘l belgilari bilan jihozlash, yo‘l ustiga chiziqlar tortishga qo‘yilgan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
• yo‘l infratuzilmasini loyihalashtirish va undan foydalanish sohasidagi Tsindao shahrining Loyihalash va rejalashtirish instituti (Xitoy Xalq Respublikasi) bilan hamkorlikni tashkil etish masalasini ikki oy muddatda ishlab chiqish;
• Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda yo‘l bo‘yidagi infratuzilma obektlarini qurish uchun tadbirkorlik sub'yektlariga yer uchastkalari berish, shuningdek, ularning zimmasiga avtomobil yo‘llari atrofidagi hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obod qilish majburiyatlarini yuklash, davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish bo‘yicha taklifni 2 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
• 2019 yilda “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘ylab uzunligi 5 km bo‘lgan M-39 avtomobil yo‘llari uchastkalarini va “Guliston-Dashtobod” yo‘nalishi bo‘ylab uzunligi 5 km bo‘lgan M-34 avtomobil yo‘llari uchastkalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha dastlabki loyihalarni amalga oshirish, energiyaning muqobil manbalari asosida ko‘cha chiroqlari va yo‘lni tartibga soluvchi texnik vositalarni, svetodiodlar va nur qaytargichlardan foydalangan holda yo‘l belgilarini, shuningdek, avtomobil yo‘llari atrofidagi hududlar landshaftini loyihalashtirish va ularni ko‘kalamzorlashtirishning zamonaviy elementlarini o‘rnatish.
Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tarkibida:
• “Maxsusyo‘lqurilish” davlat unitar korxonasi;
• “O‘zyo‘lloyiha" loyiha-qidiruv instituti” davlat unitar korxonasi;
• yuridik shaxs tashkil etmasdan Innovatsion rivojlanish jamg‘armasi tashkil etiladi.
“Uzavtoyo'lbelgi” DUK tuzilmasida yo‘l belgilari, yo‘l ustiga tortiladigan chiziqlar uchun bo‘yoqlar va termoplastning standartlarga javob berishini tahlil qilish va ularni sinovlardan o‘tkazish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan laboratoriya tashkil etiladi.
“Shaharlardagi yo‘l bo‘yi hududlarining eng yaxshi landshaft dizayni” nomi uchun shaharlar o‘rtasida yillik tanlovlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida “Avtomobil yo‘llari estetikasi”, “Yo‘l bo‘yi hududlarining landshaft dizayni”, “Yo‘l ustiga chiziqlar tortish”, “Yo‘l harakatini tashkil etish” yo‘nalishlari bo‘yicha texnik kadrlar malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi (zarurat bo‘lsa, xorijning yetuk mutaxassislari jalb qilinadi).
Markaziy shahar ko‘chalarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda yo‘lovchilar o‘tish joylarini uskunalash va texnik tartibga solish vositalari bilan jihozlash, shu jumladan ko‘zi ojizlarni ovozlar yordamida qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi.
Hujjat 27.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

13:55 / 24.07.2025
2026 yildan transport majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi chegarasi ikki baravar oshadi

07:28 / 23.07.2025
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi

15:35 / 17.07.2025
Toshkentda UzFace fuqarolarni aniqlash tizimi sinov tariqasida joriy etilishi mumkin

11:25 / 16.07.2025