Ertaga mobil aloqa kompaniyalarining xizmatlari to‘xtatilmaydi, terminallar ham ishlaydi
1 avgust kuni O‘zbekistonda test sinovlari o‘tkazilayotgan vaqtda mobil aloqa kompaniyalari «profilaktika ishlari» o‘tkazishmaydi va xizmatlar to‘xtatilmaydi. «Beeline» mobil aloqa operatori vakili «Kun.uz» muxbiriga ma'lum qilishicha, imtihonlar vaqtida mobil aloqa kompaniyalari odatdagi rejimda faoliyat ko‘rsatadi, shu kuni ham, undan keyingi kunlarda ham OTMlarga kirish imtihonlari ovozli aloqa va mobil internet faoliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
O‘tgan yillarda test sinovlari o‘tkaziladigan kuni ya'ni 1 avgustda barcha mobil aloqa kompaniyalari SMS va internet xizmatlarini vaqtincha o‘chirib qo‘yar edi. Mobil internet o‘chishi esa terminallar faoliyatiga ta'sir ko‘rsatardi.
Qayd etish kerakki, bu yildan imtihonlar 1 avgustdan 15 avgustgacha, har kuni ikki smenada (birinchi smena 9:00 dan 12:00 gacha, ikkinchisi 15:00 dan 18:00 gacha) o‘tkaziladi va mobil internetni yarim oyga, ayni ish soatlarida o‘chirib qo‘yish — deyarli imkonsiz ishga aylandi.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AKFA Group "AKFA Medline Social" nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi
Jamiyat | 17:01
-
Isroil va Eron qarama-qarshiligi: voqealar rivojining eng yomon ssenariylari qanday?
Jahon | 16:36
-
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni tikladi
O‘zbekiston | 16:33
-
So‘m dollarga nisbatan 4 kunda qariyb 1,6 foizga mustahkamlandi
Iqtisodiyot | 16:29
Mavzuga oid

20:19 / 16.04.2025
Akademik litseylar bitiruvchilari uchun yakuniy imtihonlar tartibi o‘zgardi

16:21 / 06.04.2022
“OTMlarga kirish imtihonlarida testlar bekor qilingani yo‘q” – DTM

12:59 / 19.05.2021
Maktablarda yakuniy va bosqichli imtihonlarni o‘tkazish tartibi ma'lum qilindi

18:27 / 18.03.2019