Qashqadaryolik mexanizatorlar munosib rag‘batlantirildi
Ma'lumki, yozgi chilla davri g‘o‘za parvarishida eng dolzarb payt hisoblanadi. Ertangi mo‘l hosil shu davrdagi harakatga bog‘liq. Bu yilgi ob-havo sharoiti g‘o‘za uchun biroz noqulay kelganini hisobga olgan holda, ayni damlarda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarga alohida e'tibor qaratish shart. Bu jarayonda mexanizatorlarning mehnati beqiyos.
Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha viloyatda 3 ming nafardan ortiq mexanizatorlar uchun Qarshi shahridagi amfiteatrda tadbir tashkil qilinib, soha xodimlari traktorchilar, kultivatorlar uchun maxsus konsert dasturi namoyish etildi. Voha san'atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlarda mexanizatorlarning zalvorli mehnati, yurtimizdagi mo‘l-ko‘llik, tinchlik-osoyishtalik madh etildi.
Shu ma'noda viloyat bo‘ylab o‘tkazilayotgan tadbirlarda qishloq xo‘jaligi jabhasida jonbozlik ko‘rsatayotgan mexanizatorlarga hurmat ko‘rsatish, ular mehnatini munosib rag‘batlantirish istagi alohida o‘rin tutdi. Jumladan, Qarshi shahridagi amfiteatrda mexanizatorlar uchun tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev qatnashib mexanizatorlarni taqdirladi. Ularga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
- Dala mehnati mashaqqatlariga har kim ham bardosh berolmaydi. Bu mexanizatorlarning qanday zalvorli vazifani ado etayotganini ko‘rsatib turibdi. Shu sababli ularni qancha maqtasak, e'zozlasak, arziydi, - dedi viloyat hokimi.
Tadbirda joriy yilda oldimizda turgan vazifalar soha xodimlari zimmasiga katta mas'uliyat yuklashi, mazkur tadbirlar qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishish garovi ekani alohida ta'kidlandi.
Tadbir 2018 yil nafaqat mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi, balki barcha sohalar uchun yanada barakali kelishi, yutuqlarimiz ko‘payishi, yurtimizda tinchlik abadiy bo‘lishi uchun bildirilgan tilaklar bilan yakunlandi.
Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid

17:29 / 05.06.2025
Qashqadaryodagi «Langar ota» masjidi AQSh elchixonasi mablag‘lari hisobidan qayta ta’mirlandi

20:10 / 03.06.2025
Qashqadaryoda 74 ta qoidabuzarlik qilgan haydovchi ushlandi

18:46 / 31.05.2025
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi

16:22 / 31.05.2025