Jahon | 17:20 / 05.07.2018
12561
2 daqiqa o‘qiladi

Eng boy va eng qashshoq rossiyaliklar daromadlari orasidagi farq ma'lum qilindi

© RIA Novosti / Aleksey Kudenko

Rosstat rahbari Aleksandr Surinov «Rossiyskaya gazeta»ga bergan intervyusida mamlakatdagi boy va qashshoq fuqarolar daromadi orasidagi farqlar haqida ma'lumot berdi, deb yozadi RIA Novosti.

Uning aytishicha, o‘n foiz eng boy va eng qashshoq fuqarolar o‘rtacha daromadi orasidagi nisbat bir xil darajada turibdi. 2015 yilda daromadlar o‘rtasidagi farq 15,7 baravarni, 2016 yilda — 15,5 va 2017 yilda 15,3 baravarni (dastlabki baho) tashkil etgan.  

Rosstat rahbari shuningdek, hisob-kitobning yana bir uslubini tushuntirdi. Unga ko‘ra, o‘n foiz eng qashshoq fuqarolar ichidagi eng ko‘p ta'minlangan va eng boy fuqarolar ichidagi eng kam ta'minlanganlarning o‘rtacha daromadlari orasidagi farq ham taqqoslanadi. 2015 va 2016 yillarda ularning o‘rtacha daromadlari orasidagi farq 7,1 baravarni, 2017 yilda yetti baravarni tashkil etgan.

O‘tgan yil natijalariga ko‘ra, kuniga o‘n dollardan kam miqdordagi mablag‘ga yashovchi rossiyaliklar 6,5 foizni tashkil qilgan.

Mavzuga oid