Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Frederik Starr bilan uchrashdi
2018 yilning 27 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashri ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQShning taniqli jamoatchilik arbobi va olimi, J.Xopkins Universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr bilan uchrashdi. U mamlakatimizda nufuzli xalqaro tadqiqotchilar bilan bo‘lib turibdi, deb xabar berdi TIV axborot xizmati.
Suhbat davomida O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 15-17 may kunlari AQShga birinchi rasmiy tashrifi va prezident Donald Tramp bilan muzokaralari yakunlariga yuqori baho berildi va ikki davlat hamkorligini yanada rivojlantirish uchun tarixiy ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Frederik Starr O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyoning jo‘shqin va uzoq muddatli rivojlanishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligini ta'kidladi. Uning «O‘zbekistonning yangi yuzi» kitobi Vashington shahrida may oyi boshida «Atlantika kengashi»dagi brifing chog‘ida ekspertlar hamjamiyati va keng jamoatchilikka ilk bor taqdim etilgan edi.
AQShlik tadqiqotchi «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» rezolyutsiyasining O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 22 iyun kuni bir ovozdan qabul qilinishini olqishladi. Ushbu hujjat umumiy muammolarni birgalikda hal qilish, ko‘p millionli aholining taraqqiyoti va farovonligini ta'minlash bo‘yicha mintaqa mamlakatlarining sa'y-harakatlarini jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining yana bir dalilidir.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Markaziy Osiyo – Markaziy Amerika" ekspertlar platformasi yaratiladi
O‘zbekiston | 09:22
-
Zarema Musayevaga yangi ish bo‘yicha 4 yil qamoq so‘raldi
Jahon | 09:08
-
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollari birinchi forumi o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 08:47
-
RF: Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvi yoz oxirigacha yuz bermaydi
Jahon | 08:25
Mavzuga oid

17:52 / 14.07.2025
Abdulaziz Komilov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

12:12 / 03.06.2025
«Vaqti-soati kelganda tan olamiz» – Komilov O‘zbekiston «Tolibon»ni xalqaro hamjamiyat bilan birga tan olishini aytdi

18:24 / 31.05.2025
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov

13:47 / 31.05.2025