Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha xizmatlar qanday litsenziyalanadi?

Foto: AVTOINLAYN
Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yil 31 maydagi 408-son qarori bilan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Faoliyatni litsenziyalash tartibi
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha nodavlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
• avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish uchun yuridik shaxslarga litsenziya berish;
• litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish;
• litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish
• litsenziyani bekor qilish va qayta rasmiylashtirish.
Lisenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
Lisenziya berish
Umumiy va maxsus litsenziya talablari, shuningdek litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Lisenziya olish uchun arizani va zarur hujjatlarni bevosita Davlat xizmatlari markaziga taqdim etish yoki elektron shaklda YaIDXP orqali yuborish mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish uchun EKIHning 2 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Da'vogar berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi. Lisenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya da'vogarining arizasi olingan kundan boshlab 9 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda da'vogarga taqdim etiladi.
Lisenziyani berish yoki amal qilish muddatini uzaytirish uchun EKIHning 10 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Lisenziyani qayta rasmiylashtirish
U quyidagi hollarda talab etiladi:
• lisenziat qayta tashkil etilganda,
• uning nomi o‘zgarganda;
• joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda;
• tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarganda;
• ta'lim faoliyatini olib borish manzili o‘zgarganda yoki qo‘shimcha manzilda faoliyat olib borganda;
• avval ko‘rsatilmagan yangi yo‘nalishlar qo‘shilganda.
Lisenziat yoki uning huquqiy vorisi (qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin) 1 oy muddatda litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali ariza bilan murojaat qilishi shart. U zarur hujjatlar ilova qilingan ariza olingan kundan boshlab 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qayta rasmiylashtiriladi. Buning uchun EKIHning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Lisenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, ta'limni boshqarish va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Berilgan, to‘xtatib turilgan, yangilangan, qayta rasmiylashtirilgan va bekor qilingan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma'lumotlar “Lisenziya” axborot tizimlari kompleksiga kiritiladi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Samarqandda 34 yoshli ayol eri tomonidan o‘ldirib ketildi
Jamiyat | 09:49
-
Sanksiyalar ostida bo‘lgan Matviyenko Jyenevada nutq so‘zladi
Jahon | 09:26
-
Rossiyada shatdaunlar paytida ham ayrim resurslarga kirish imkoni yaratilishi mumkin
Jahon | 09:21
Mavzuga oid

07:40 / 18.07.2025
Latviya sudi "Dojd" litsenziyasini qaytarib olish qarorini bekor qildi

19:48 / 13.06.2025
Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi - transport vaziri

12:02 / 16.05.2025
Umra litsenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi

10:42 / 01.05.2025