Pul bilan o‘qishga olib kirib qo‘yish va'dasini bergan firibgar jazolandi
Joriy yilning 1 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudida sudya Yo.Haydarovaning raisligida sudlanuvchi Sh. Kadirovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rildi. Sudlanuvchi Jinoyat Kodeksining firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblandi.
Sudlanuvchi Sh. Kadirov jabrlanuvchi B.Rasulovga 2017 yil 1 avgust kungi kirish imtihonlari uchun davlat test markazi tomonidan ishlab chiqarilgan test savollari va javoblarini olib berishni va'da bergan. Undan shu yerning o‘zida 3.000 AQSh dollari, so‘ngra Yunusobod tumanidagi Mega Planet gipermarketi oldida 25.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olgan. Ishonchiga kirish uchun 6.500 AQSh dollari miqdorini qaytarib, B.Rasulovning jami 21.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarini egallab, va'dasini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. Sud majlisida esa o‘z aybini yashirish maqsadida boshqa shaxs (A. Oqilov) bularni hal qilishi kerak bo‘lganligini, shu sababli pulni qaytara olmaganligini vaj qilib ko‘rsatgan. O‘zi esa o‘sha 6.500 AQSh dollari miqdoridagi pulni tanishidan olganligini aytgan va aybiga pushaymon ekanligini tan olgan.
Sud majlisida barcha guvohlar ko‘rsatmalari eshitilib, barcha dalillar, SMS yozishmalar o‘rganib chiqilganidan so‘ng sud tomonidan Sh. Kadirov aybdor deb topildi va dastlabki qamoqda bo‘lgan vaqti tayinlangan ahloq tuzatish ishlari jazosining muddatidan chegirib tashlandi va o‘tashlik uchun oylik ish haqining 20 foiz davlat daromadiga undirish sharti bilan 1 yil 6 oy 6 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.
Hukmdan norozi taraflarga tegishli muddatlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish yoki protest bildirish huquqi mavjudligi tushuntirildi.
Mavzuga oid

15:13 / 02.06.2025
“Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz” - senator odil sudlov masalasida

18:37 / 29.05.2025
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi

14:53 / 29.05.2025
Sud jurnalist Anora Sodiqovaning da’vosini rad etdi

12:56 / 29.05.2025