Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV biometrik pasport olish uchun elektron navbatga yozilish haqida ma'lumot berdi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan aholini biometrik pasport bilan ta'minlash muddati 2018 yil 1 iyul etib belgilanganligi sababli, biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolar ushbu muddatni kutmasdan doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzillaridagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etishlarini so‘ragan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, aholining aksariyat qismi internet tarmog‘idan foydalangan holda ko‘plab ma'lumotlarni olishini inobatga olib, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining rasmiy sahifasi yaratilib, joriy yilning 1 may kunidan foydalanilmoqda.
Shuningdek, fuqarolarni doimiy yashash manzillaridagi shahar, tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan davlat xizmat turlariga qarab taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatini olish uchun fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @PassportInfoUz botida zarur bo‘ladigan ariza, blanklar hamda boshqa zaruriy hujjatlar ro‘yxatini olish imkoni mavjudligi to‘g‘risida axborot ma'lumotlari ham joylashtirilgan.
Bundan tashqari, dpm.uz yangilangan veb-saytida biometrik hujjat olish uchun ariza anketalarni to‘ldirish, anketani yuklash, elektron talabnomani holatini kuzatish, biometrik hujjat olish uchun kvitansiya generatsiya qilish hamda biometrik hujjat olish uchun elektron navbatga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasport hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga harakatlanish hujjati olish uchun davlat bojini “CLICK” elektron tizimi orqali to‘lashning 3 ta usuli haqidagi ma'lumotlar hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rasmiylashtirish, Elektron manzil-ma'lumot axborotlarini taqdim etish xizmatlari ishga tushganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar sahifaga joylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

15:02 / 03.07.2025
Tenge Bankʼdan 90 ming AQSh dollarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

10:01 / 03.07.2025
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi

11:17 / 18.06.2025