Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shapka» va navbatlarsiz: O‘zbekistonda avtomobil xarid qilingandayoq beriladigan bo‘ladi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekistonda avtomobillarni sotish tizimi o‘zgartiriladi, u mijozlarga avtomobilni sotib olish kunida olishga imkon beradi, deya ma'lum qildi «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi Umidjon Salimov.
«Savdo siyosati - eng muhim ustuvor vazifa. Bizning maqsadimiz nima: mijoz keladi, mashina uchun pul to‘laydi va uni darhol olib ketadi. Bu birinchi navbatda ta'minlashimiz kerak bo‘lgan narsa. Agar odam pulining 85 foizini to‘lasa, mashina zavodniki emas, balki uning o‘zinikidir. Bizning ustuvor vazifa - mijozni sotib olish vaqtida avtomobil bilan ta'minlash», - dedi Salimov jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, savdo tizimini darhol qayta tashkil etib bo‘lmaydi, ammo bu yo‘nalishda ishlar boshlangan. Yaqinda GM Uzbekistan’da savdo va marketing tizimiga mas'ul rahbarlar almashdi, dedi Salimov.
«Albatta, bu qiyin vazifa va 2-3 oy ichida uni amalga oshirish juda mushkul. Savdo tizimi o‘nlab yillar davomida bor edi, ammo biz global amaliyotni albatta tatbiq etamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Salimov O‘zbekistonda diler faqat «zavod bilan mijoz o‘rtasida uzatish bo‘g‘ini» ekanini ta'kidladi. «Diler faqat shartnoma beradi va mijozni avtomobil bilan ta'minlaydi. Barcha yuridik va moliyaviy mas'uliyat zavodga yuklanadi. Agar jahon amaliyotiga nazar tashlasangiz, savdo tizimi juda boshqacha tarzda quriladi. Diler mashinani zavoddan sotib oladi, bu uning mulkiga aylanadi. U mashinani qancha tez sotsa, pul mablag‘lari aylanmasini shuncha tezroq ta'minlaydi. Bizda dilerimiz faqat shartnoma va avtomobilni beradi, shu bilan birga, o‘zining 3%lik ulushini oladi», - deya aytib o‘tdi «O‘zavtosanoat» rahbari.
«Korrupsiyaga qarshi kurashni mantiqiy yakunga keltiramiz. Bu qandaydir nojoiz xayollarga ega ishchilar bilan bevosita kurashdir... », - deya xulosa qildi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Salimov avtosanoat qayta tashkil etilishi haqida ma'lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”

18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda

19:34 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi

15:26 / 10.07.2024