Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiyobonga borishdan maqsad nima: dam olishmi, hadiksirashmi?

Foto: O‘zA
Mamlakatimizda yurtboshimiz tashabbusi va g‘oyasi bilan bir-birini takrorlamaydigan istirohat bog‘lari, dam olish go‘shalari tashkil etilmoqda. O‘zbekistonning shahar-qishloqlari tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib bormoqda. Poytaxtimizda qad ko‘tarib ko‘zni quvnatadigan, chiroyli gullari, ekzotik va soya-salqin daraxtlari bilan kishi dilini yayratadigan bog‘lar, xiyobonlar shular jumlasidandir.
Yoz mavsumi boshlanishi bilan dam olish go‘shalari aholiga xizmat qilish uchun ishga tushadi. Jumladan, poytaxtimizning barcha istirohat bog‘larida, aholining madaniy hordiq chiqarishiga mo‘ljallangan holda shart-sharoitlar tayyor holga keltiriladi.
Ammo bugun biz aholi istirohat bog‘lari va xiyobonlarga oila a'zolarimiz bilan dam olish uchun yo‘l olishga biroz ikkilanib qoldik. Eng katta xatar bu barcha dam olish joylaridagi yo‘laklarda velosiped uchayotgan yigit-qizlardir. Ba'zan velosipedchilarning bog‘ ichida o‘rindiqda o‘tirib yoki piyoda sayr etayotgan, sokin suhbatlashayotgan odamlar oldidan baland ovozda o‘tishi aholi dam olishiga jiddiy xalaqit qilmoqda. Shuningdek, velosipedchilar bu bilan cheklanib qolmay, hattoki, tap tortmay yosh bolalar yurib ketayotgan yo‘lkalarda ham tezlik bilan uchib o‘tadilar. Ro‘zg‘or tashvishlari, ish muammolarini unutib, oilasi bilan istirohat bog‘iga tashrif buyurgan ota-ona yoki bobo-buvi dam olish o‘rniga, farzandi va nabiralarining velosiped turtib yubormasligidan xadiksirab o‘tirishadi. Bugun biz oilalar avvalgidek istirohat bog‘larida xotirjam dam olmasdan, kuchli darajada sergak bo‘lishga, ba'zi holatlarda asabiylashib, o‘ynab kulib yurgan bolalarimizning dilini og‘ritib, xafa qilishga majbur bo‘lmoqdamiz.
To‘g‘ri, velosipedda uchish har bir inson sog‘ligi uchun juda ham foydali. Ammo masalaning men keltirib o‘tgan og‘riqli oqibatlari odamlarni bog‘larga borishga chorlash o‘rniga, aksincha, insonlar qalbida zadalik va tushkunlik kayfiyatini keltirib chiqarmoqda.
Bir qaraganda velosiped uchayotgan yoshu qarining zavqidan xursand bo‘lasiz. Ammo velosiped uchuvchilari orasidagi bema'ni harakatlar nafaqat yoshlarimiz, balki yoshi katta ayol va erkaklarimiz tomonidan amalga oshiralayotgani, kishi dilini xira qiladi. Biz kattalar yoshlarga har qanday jihatdan ma'naviy o‘rnak bo‘lib, odamlar gavjum bo‘lgan hududlarda velosiped uchishning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidasi, madaniyati borligini amalda isbotlab berishimiz kerak emasmikan?
To‘g‘ri, velosipedda uchayotgan insonlar ham biz kabi istirohat bog‘i yoki xiyobonlarga madaniy hordiq chiqarish uchun kelishgan. Lekin har qanday o‘yin-kulguning ham chegarasi va me'yori bo‘lishi lozim. Eng asosiysi sizu biz amalga oshirayotgan xatti-harakatlar atrofimizdagi insonlarga foyda keltirsin, ziyon va zarar emas.
Mutasaddi tashkilotlar tomonidan istirohat bog‘lari va xiyobonlarda velosiped uchuvchi kishilar uchun maxsus yo‘laklar tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo‘larmidi. Shunda biz aholi ularning xatti-harakatlari oqibatida madaniy hordiq chiqarardik va velosiped uchuvchilarning sportdan zavq olib, bahra olishlariga hech kim xalaqit bermas edi.
Shahnoza Tojiddinova
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 21:40
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

17:27 / 05.05.2025
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi

20:46 / 18.04.2025
O‘zbekistonda umummilliy birdamlik bog‘lari tashkil etiladi

11:04 / 19.11.2024
Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi mumkin

09:31 / 19.04.2024