Jahon | 15:31 / 21.05.2018
8309
1 daqiqa o‘qiladi

«To‘p Yevropa tomonida». Eron yadroviy bitimga rioya etish shartini ma'lum qildi

Foto: Sergey Karpov/TASS

Eron tomoni yadro dasturi bo‘yicha bitimga, agarda Yevropa ittifoqi mamlakatga AQSh sanksiyalari tufayli yuzaga keluvchi yo‘qotishlarni qoplab bersa, rioya qilishda davom etadi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

Respublika Atom energiyasi bo‘yicha tashkiloti rahbari Ali Akbar Salohiyning so‘zlariga ko‘ra, Eron aynan shunday shartda bitim bilan nazarda tutilgan kelishuvlarga amal qiladi.

«To‘p Yevropa tomonida», - deya qayd etib o‘tgan Salohiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevroittifoq AQShning yadroviy bitim bo‘yicha qaroriga qaramay, Eronda o‘z kompaniyalari ishtirokini ta'minlab berish niyatida ekanini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid