Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask The Boring Company tomonidan qurilgan tunnel bo‘ylab safar qilish qanchaga tushishini aytdi

Foto: The Boring Company
Ilon Mask va The Boring Company kompaniyasining direktori Stiv Devis, Los-Anjyelesda shaharning metropoliteni bilan birgalikda qurilishi rejalashtirilgan Loop tezyurar yer osti magistral yo‘llari loyihasi haqida so‘zlab berdi. Tadbirkorlarning so‘zlariga ko‘ra, ishlanma kishilarga shahar markazi va aeroport o‘rtasidagi masofani sakkiz daqiqa ichida bosib o‘tish imkonini beradi. Va bu deyarli bepul amalga oshadi.
Loop deb nomlangan bitta kapsula 16 kishini o‘ziga qabul qilishi mumkin. Bir marta safar qilish narxi bir dollarga teng. Bu avtobus chiptasidan ham arzon. Sinovlarda kapsulalar soatiga bir necha yuz kilometrga tezlasha oldi. Liniya ishga tushirilganda, kapsulalarning o‘rtacha tezligi soatiga 240 kilometr bo‘ladi. Los-Anjyeles metropoliteni Maskning kompaniyasi bilan hamkorlik tafsilotlarini tez orada oshkor etishga va'da berdi.
Hozirgi vaqtda The Boring Company Los-Anjyeles ostidagi birinchi tunnel qurilishini muvofiqlashtirmoqda. Loyiha shahar bo‘ylab 60 millik Loop tunnel tarmog‘ining qurilishiga qo‘yilgan birinchi qadam bo‘ladi. Stiv Devisning aytishicha, Los-Anjyelesdan San-Frantsiskogacha tunnel bir necha hafta ichida qurilishi mumkin.
Los-Anjyelesdagi sinagogada bo‘lib o‘tgan loyihaning taqdimotiga Mask 25 daqiqaga kechikib kelib, bunga tirbandlik sabab bo‘lganini istehzo bilan aytdi. Taqdimot chog‘ida u nega uchar mashinalar tirbandlik muammosini hal qilish uchun mos emasligini aytib o‘tdi. Tunnellar, uning fikriga ko‘ra, yo‘lovchilar uchun uchar avtomobillarga qaraganda kamroq stressli transport, ammo xuddi ular kabi «quvnoqdir».
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17
-
Shavkat Mirziyoyev 15-20 daqiqa tirbandlikda qolib ketdi, Farhod bozorida tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:11
-
Estoniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini bloklash bilan tahdid qildi
Jahon | 23:09
-
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda
Jahon | 22:34
Mavzuga oid

22:16
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi

17:42
Turkiyada Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun Grok sun’iy intellekti bloklandi

13:28 / 07.07.2025
AQShda America Party'ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirildi

10:26 / 07.07.2025