Jahon | 01:53 / 09.05.2018
8918
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Trampning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqish qarorini xato deb atadi

Foto: AFP 2018 / Saul Loeb

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Vashingtonning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqish qarorini xato deb atadi. 

“Eron tomonidan biror-bir qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilmagan holatda yadroviy kelishuvni xatarga qo‘yish qarorini jiddiy xato, deb hisoblayman. AQSh ushbu kelishuvsiz pirovard natijada yadroviy qurolga ega bo‘ladigan Eron va Yaqin Sharqda yana bitta urush o‘rtasidagi yutqiziqli tanlov oldida qoladi”, deb aytgan Obama. 

Avvalroq Tramp AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini e'lon qilgandi.

Mavzuga oid