Afg‘on urushi qatnashchilari Rossiya fondining medallari bilan taqdirlandi
9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrining Olmazor tumani, "Olimpiya guzari" mahallasida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga ushbu mahallada istiqomat qiluvchi 12 nafar Afg‘onistonda o‘z baynalminal burchini o‘tab qaytgan fuqarolar taklif etilib, ularga dasturxon tuzaldi.
Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad Rossiyada faoliyat yurituvchi "Afg‘oniston veteranlarining Rossiya ittifoqi" Umumrossiya jamoatchilik fondi mahallaning ushbu 12 nafar urush qatnashchisini medallar bilan taqdirlagani bo‘ldi.
"Olmazor guzari" mahalla fuqarolar yig‘ini ushbu medallarni egalariga topshirdi. O‘tkazilgan suhbat davomida Afg‘on urushi veteranlari ko‘rsatilgan ehtirom uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.








Mavzuga oid

15:38 / 13.02.2025
Olmazor tumanida ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi

14:00 / 08.02.2025
Olmazor tumanida 7,3 km uzunlikdagi yo‘l gastronomik ko‘chaga aylantiriladi

20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi

15:48 / 04.01.2025