Isroil AQSh bilan Eronning maxfiy yadroviy loyihasi bo‘yicha razvedka ma'lumotlari bilan bo‘lishdi

Foto: AP Photo / Sven Hoppe
Isroil AQSh bilan Eronning maxfiy harbiy-yadroviy loyihasi haqidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi va bundan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy bitim taqdiri haqida to‘g‘ri qaror qabul qilishiga umid bildiradi, deb aytdi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.
“Bu dahshatli bitimdir, uni tuzish kerak emas edi. Bir necha kundan keyin prezident Tramp u bilan nima qilish kerakligi borasida qaror qabul qiladi. Ishonchim komilki, u to‘g‘ri qaror qabul qiladi. AQSh, Isroil, butun dunyoda tinchlik bo‘lishi uchun to‘g‘ri qaror”, deb aytgan Netanyaxu.
U Trampning Eron 2015 yilda 6 ta eng “yirik davlatlar” bilan tuzgan bitimni qat'iylashtirish yoki hamkorlar bilan kelishib bo‘lmasa, bu bitimdan AQShni olib chiqish istagini qo‘llab-quvvatlagan.
Netanyaxu, shuningdek, Eronni yadroviy quroli yo‘qligi haqida yolg‘on so‘zlaganlikda aybladi.
“Eron yetakchilari bir necha marta ularda yadroviy qurol borligini rad etishgan. Men bugun bu yerda sizga bir narsani aytgani turibman: Eron yolg‘on so‘zlagan”, deb aytgan Isroil bosh vaziri.
Netanyaxu mahalliy televideniyening jonli efirida ivrit va ingliz tillarida Isroil qo‘liga Eron yadroviy dasturining “Omad loyihasi” deb shartli nomlangan maxfiy qismi bo‘lganini isbotlovchi yarim tonnalik arxiv – yuz minglab yozma va raqamli hujjatlar tushganini aytgan.
Netanyaxu Isroil razvedka tomonidan bir necha hafta oldin qo‘lga kiritilgan ushbu ma'lumotlarni AQShga taqdim qilganini aytgan.
Mavzuga oid

13:35
«Oltinlarimiz qayerda?» - nemislar AQShdagi zaxiralar yuzasidan xavotir bildirdi

11:03
Axios: Netanyahu G‘azo va tariflarni muhokama qilish uchun AQShga tashrif buyuradi

21:31 / 04.04.2025
Xitoyning AQSh bojlariga javobi fond bozorlaridagi pasayishni davom ettirdi

21:02 / 04.04.2025