BMT bosh kotibi: «Sovuq urush qaytdi!»

Foto: SVT
BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning ma'lum qilishicha, «sovuq urush» qaytdi. Bu haqda SVT telekanali xabar bermoqda.
«Sovuq urush qaytgani aniq. Biroq, endi AQSh va Rossiya xuddi avvalgidek barchani nazorat qilmayapti. Yaqin Sharq mintaqasida ko‘plab mamlakatlar juda faol: Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni va boshqalar. Ikkita yaxlit nazorat qilinuvchi blok yo‘q», - deya aytib o‘tdi Guterresh.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, BMT Suriyadagi mojaroga hozircha yechim topish imkoniga ega emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Ukraina aholisiga gumanitar yordam uchun pul yetishmayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

17:17 / 07.03.2025
O‘zbekiston va yana besh davlat natsistlarni ulug‘lashga urinishlarni qoraladi

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

22:19 / 03.03.2025
BMT Xalqaro sudiga yangi rais saylandi

08:23 / 25.02.2025