O‘zbekiston | 01:00 / 14.04.2018
7747
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat yuridik universitetida huquqiy siyosat tadqiqot instituti tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

Farmonga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universitetining Huquqiy tadqiqotlar markazi negizida O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjyetidan moliyalashtiriladigan, boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 25 nafar bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tashkil etiladi.

Quyidagilar Huquqiy siyosat tadqiqot institutining asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:

  • qonunchilikni va uning tarmoqlarini rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish hamda ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqish;
  • aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishning innovatsion uslublari hamda usullarini ishlab chiqish;
  • sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlari qo‘llanilish amaliyotini tahlil qilish, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishning huquqiy muammolarini o‘rganish, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash;
  • yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish.

Mavzuga oid