Prezident qarori: Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Filialning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
yurisprudensiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni ta'minlashga qaratilgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash;
nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini ta'minlashga qaratilgan zamonaviy shakl va usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘quv jarayonini ta'lim berishning modul tizimi asosida tashkil etish;
ta'lim oluvchilarning psixologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishning samarali tizimini yaratish;
ta'lim oluvchilarning aholi va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha faoliyatini uslubiy va konsultativ ta'minlash;
yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta'lim va ilmiy-tadqiqot, shu jumladan, xorijiy mamlakatlardagi muassasalar bilan o‘zaro samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish.
Belgilab qo‘yilishicha:
Filial Toshkent davlat yuridik universitetining tarkibiy bo‘linmasi – yuridik shaxs maqomiga ega oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhri va blanklariga, mustaqil balansiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy hisobraqamlarga ega bo‘ladi;
Filialga O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;
Filial direktori mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosariga, direktor o‘rinbosarlari esa – Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga tenglashtiriladi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi
O‘zbekiston | 19:00
-
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston | 18:33
-
Gretsiyaning Xios orolini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi - fotolar
Jahon | 18:29
-
Britaniyalik olimlar ichak tayoqchasini modifikatsiya qilib, plastmassani paratsetamolga aylantirdi
Jahon | 18:24
Mavzuga oid

07:55 / 15.06.2021
Bu yil qaysi OTM filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi?

20:00 / 17.05.2021
Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolar uchun kundalik huquqiy muammolar yechimiga oid risolalar chop etdi

14:28 / 13.01.2021
Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali tashkil etiladi

08:17 / 02.03.2020