Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tabrikladi va uni O‘zbekistonga taklif etdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezidentning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Davlatimiz rahbari Ilhom Aliyevni kuni kecha bo‘lib o‘tgan Ozarboyjon Prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.
Saylov natijalari qardosh Ozarboyjon xalqi Ilhom Aliyevni keng qo‘llab-quvvatlashi va unga ulkan ishonch bildirishini, davlat rahbarining shaxsiy xizmatlari hamda mamlakatda barqarorlikni, izchil iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash, xalqaro nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan samarali siyosatni yuksak baholashini yana bir bor namoyon etgani alohida ta'kidlandi.
Ko‘p asrlik do‘stlik va strategik sheriklikka asoslangan O‘zbekiston va Ozarboyjon munosabatlari izchil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. Xalqlarimizning tarixi, madaniyati va dini umumiy, ma'naviy qadriyatlari, an'ana va urf-odatlari mushtarak.
Turli darajadagi faol muloqotlar ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirib, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani qayd etildi.
O‘zaro savdo hajmi barqaror yuksak sur'atlar bilan o‘smoqda, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, neft-gaz majmuida istiqbolli kooperatsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.
Yangi «Boku – Tbilisi – Axalkalaki – Qars» temir yo‘l magistrali, shubhasiz, butun mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi alohida ta'kidlandi.
Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etmoqda, qo‘shma tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda.
Davlatlar rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston-Ozarboyjon ko‘p qirrali hamkorligi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Muloqot yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etdi.
Ozarboyjon Prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar uchun chuqur minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonga tashrif bilan kelish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17
Mavzuga oid

20:23
Keyingi qadam – tinchlikmi? Aliyev va Pashinyan nima haqda kelishib oldi?

08:22 / 05.07.2025
Aliyev: Ozarboyjon AQSh bilan do‘stlik va sheriklikka alohida ahamiyat beradi

21:25 / 03.07.2025
Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi

22:14 / 02.07.2025