Jahon | 14:45 / 10.04.2018
6694
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada sanksiyalarga uchragan tadbirkorlarga yordam uchun ofshorlar tashkil etilishi mumkin

Foto: Yevgeniy Razumnyy / Vedomosti

Rossiya hukumati sanksiyalarga uchragan tadbirkorlarga yordam uchun ofshorlar yaratish loyihasini muhokama qilmoqda. Bu haqda «Vedomosti» gazetasi manbalarga asosan yozmoqda.

«Hukumat Rossiyada maxsus rejimga ega va ofshor belgilari bo‘lgan ikkita hududni yaratish loyihasini muhokama etmoqda. Ulardan biri Kaliningraddagi Oktyabrskiy orolida, ikkinchisi esa Uzoq Sharqdagi Russkiy oroli», - deb xabar qilmoqda nashr.

Ma'lum bo‘lishicha, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi hozirda tegishli idoralar bilan muvofiqlashtirilmoqda. Uni bahorgi sessiyada qabul qilish rejalashtirilgan.

Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, Rossiyaga pullarini qaytarmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar buni tez va soliqlarsiz qilishi mumkin.

 

Mavzuga oid