Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Putin ham, boshqasi ham javob beradi” – Tramp Suriya bo‘yicha 48 soat ichida qaror qabul qilmoqchi

Foto: AFP 2018 / Stringer
AQSh prezidenti Donald Tramp 9 aprelda AQSh Suriyada kimyoviy hujum amalga oshirilgani haqidagi xabarlar bo‘yicha 1-2 kun ichida qaror qabul qilishini ma'lum qildi.
Avvalroq G‘arb davlatlari Damashqni Suriyaning Duma shahrida go‘yoki kimyoviy hujum sodir etganlikda ayblagandi. Moskva suriyalik harbiylar tomonidan tashlangan xlorli bomba haqidagi ma'lumotni rad etgan. Rossiya tashqi ishlar vazirligining ta'kidlashicha, bunday xabarlar tarqatishdan maqsad terrorchilarni himoya qilish va tashqaridan berilishi mumkin bo‘lgan zarbalar uchun o‘zini oqlashdan iborat.
Tramp o‘z ma'muriyati a'zolari bilan uchrashuvda kimyoviy hujumni qoralab, bu “mudxish hodisa” bo‘lganini aytgan.
“Biz 24-48 soat ichida qaror qabul qilamiz”, deb aytgan Tramp va bunday qaror kun oxirigacha qabul qilinishi mumkinligi qo‘shimcha qilgan. Tramp harbiy harakatlarni istisno qilishi borasida berilgan savolga “Hech narsa istisno qilinmaydi”, deb javob qilgan.
“Agar buni ruslar, Suriya yoki Eron, yoki ularning barchasi birga qilgan bo‘lsa, biz buni aniqlaymiz”, deb aytgan Tramp. Uning aytishicha, “unda kimyoviy hujum uchun kim javobgarligi borasida shubhalar kam”, biroq buni generallar aniqlashi kerak.
Jurnalistlar Trampdan “Ushbu hodisa uchun Vladimir Putinni javobgar deb hisoblaysizmi?” degan savolga “Ha, bo‘lishi mumkin. Agar u bo‘lsa, bu juda, juda ayanchli bo‘ladi”, deb javob qilgan. “Ular bunga javob beradilar, u (Putin), barchasi javob beradi”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Suriya tashqi ishlar vazirligida Suriyaga ushbu hodisa yuzasidan qo‘yilayotgan ayblovlar ishonarsizligi aytilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

19:18 / 12.07.2025
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi

21:42 / 07.07.2025
AQSh «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhidan terrorchi tashkilot maqomini olib tashladi

17:34 / 07.07.2025
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi

22:45 / 05.07.2025